Sas
23 avgust 2017

«Bu og‘ir zanjirni shaldiratmoqqa jur'at etgan senmi…»

Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakulteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan.

1977 yilda ilk she'riy kitobi chop etilgan Solih XX asr o‘zbek she'riyatiga g‘arb avangardchiligini olib kirgan shoir sifatida shuhrat kozondi.

Qo‘limda piyola, chordona qurib,
Kutaman, mudraydi horg‘in ko‘zlarim.
Yalqov qahr bilan pashshani qo‘rib,
Kutaman, kelmadi hali do‘stlarim.

Hali dushmanlarim to‘plangani yo‘q,
Yurishar uzilgan simlarni ulab.
Har holda, ulardan mening ko‘nglim to‘q,
Payt kelsa, bir-birin topajak ular.

Payt kelsa, bilmayman nega yarayman?
Qo‘limda piyola, chordona qurib,
Boshimni eggancha kunga qarayman:
Hali o‘nglamadi o‘zini zo‘rlik,
Qanotin yozmadi hali haqorat,
Hali qiyomiga yetmadi xo‘rlik.

Muhammad Solih
«Ozodlik ohanglari»

Tag‘in o‘qing
4 mart 2024
Sharifa To‘ychieva hokimning noqonuniy qarori bilan yeridan mahrum bo‘lgan yuzlab baxtsiz fermerlardan biri. Uning hikoyasidan anglashiladiki, qonun buzilishi prokuratura ...
1 fevral 2023
O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotdan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli ...
14 iyul 2017
Oshkoralik va shaffoflikni o‘ziga shior qilib olgan O‘zbekiston hukumati bug‘doy o‘rim-yig‘imi mavsumida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalarida ...
23 sentyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib, siz bilan birgaman. Kunduzlari issiq bo‘lsa ham, kechga borib qish ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...