Asosiy mavzular
20 fevral 2023

20 fevral – shoir Matnazar Abdulhakim tug‘ilgan kun

Ulug‘ shoir Matnazar Abdulhakim mening dunyoqarashimni o‘zgartirgan bir inson edi.

1980 yil, ilk she'rlarim Urganch tumani gazetasida bosilgan kuni gazetani ko‘tarib Matnazar akaning oldiga borganimni eslayman.

Matnazar og‘a Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardi.

Chap ko‘zini sal qisib, gazetadagi she'rlarimga ko‘z yugurtirgan bo‘ldi-da, «Yaxshisi kechqurun uyga kelgin, gaplashamiz!» dedi Matnazar aka. Qo‘limga esa Rauf Parfining «Qaytish», Muhammad Solihning «Oq kuylaklar» kitobini tutqazdi.

«Bularni albatta o‘qi. Kelganingda fikringni aytarsan!» Ustoz va shogirdning «rasmiy tanishuvi» shu bilan tugadi.

Shu-shu Matnazar og‘aning Qorovul qishlog‘idagi uyiga «kitob o‘qish»ga borish mening odatimga aylandi.

Yangi mashqlarim bilan tanishgach, o‘zining ham yangi she'rlarini o‘qib berar, keyin esa navoiyxonlik qilishga tushardik.

Nimqorong‘i dolondagi ko‘rpacha ustiga bir nechta yostiq olib kelib tashlardi. «Kitobni yostiqni ustiga qo‘yib o‘qish qulay menga», derdi u.

Bir g‘azal yoki baytning tahlili bilan boshlangan «kitob o‘qish» tun qorong‘usigacha cho‘zilar, qaytishda Matnazar akaning kutubxonasidan Kafka, Kortasar yoki Markesning kitobini ko‘tarib qaytardim.

«Oktyabr bayrog‘i» darajasidagi mashqlarim bilan bu asarlar o‘rtasida yer bilan osmoncha farqni ko‘rgach, mening zehniyatim ham o‘zgara boshlagandi.

Nomard bo‘lay agar nolisam,
Boshqa tirilmayman, o‘lmayman.
Bir qutulsam, bir ketib olsam,
Dunyoga men boshqa kelmayman,

degan edi ustoz bir she'rida. Men Matnazar akadan nimani o‘qishu nimani o‘qimaslik, nimani yozishu nimani yozmaslik kerakligini o‘rgandim. Shoir Matnazar Abdulhakim 2010 yili olamdan o‘tdi. Undan vazmin, takrorlanmas satrlar qoldi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 fevral 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
20 mart 2018
Mahalliy hokimlik Kattaqo‘rg‘on tumanida darsdan olib chiqilib, ko‘cha supurishga majburlangani oqibatida «Kamaz» tagida qolib o‘lgan 42-maktab o‘qituvchisi Diana Yenekeeva ...
21 yanvar 2016
Sifatsiz xizmat uchun to‘lovlar oshadi Sputnik internet nashri 2016 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari uchun soliq to‘lovidagi ...
8 oktyabr 2015
Afg‘on-turkman chegarasidagi xavfsizlik, O‘zbekistonning yonilg‘i ehtiyojlari va Rossiyaning kun sayin tajovuzkor tus olayotgan geosiyosati Toshkent- Ashxobod muloqotida ko‘rilishi kutilgan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...