Catira
22 fevral 2019

RTdan va'z: Demokratiya haqida

Esimni tanibmanki, demokratiyaga qarshi va klerikal totalitarizmni maqtaydigan replika eshitaman. Ëshligimda chollar nuqul Stalinni maqtardi. Qattiqqo‘l boshliqni yoki xotinini uradigan erni maqtashardi.

Yigirma, ehson, aqiqa, sunnat va boshqa marosimlarga kelgan mullalar va'zidan chiqadigan xulosa ham shu edi: Bir mafkura ustiga qurilgan totalitarizm yaxshiyu turlilik yomon.

Xullas, biror yerda biror odamning demokratiyani maqtaganini ko‘rmadim. «Grin kard»ga navbatda turib, AQSh va demokratiyani yomonlashadi bu ikkiyuzlamachi to‘da….

Kirish bir oz cho‘zildi. Demak, muddao. Demokratik jamiyatda hokimiyatlar ayri-ayri, mustaqil yashaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament), shu qonunlarni ijro qiladigan hokimiyat, (prezident, hukumat va boshqa xizmatkorlar), sud hokimiyati. Bunga yondosh to‘rtinchi hokimiyat – erkin matbuot.

Bular biri birovining ishiga sira aralasha olmaydi.

Mabodo GFR kantsleri Merkel xonim Oliy sud raisiga telefon qilib, «pistonchievni qama» desa, osmon uzilib yerga tushadi, yer yorilib, qo‘ziqorin chiqadi.

Frantsiya prezidenti Makron shahar markazidagi binoga qarab, «buni buz», deya olmaydi. Desa, darrov ishdan ketadi.

Endi manzarani O‘zbekiston misolida ko‘rsak. Qo‘shko‘pirning hezalak hokimi sud raisiga «qama jurnalistni» desa, sud qamayapti. Bosh vazir esa shahar markazidagi «binoni buz» desa, darrov buldozer kelib buzmoqda. Shahar hokimi (ijroiya hokimiyati) parlamentga kirib, o‘zining oyna-romini monopoliya qiluvchi qonun chiqartiryapti.

Eng yomoni bularning ichida prezident. Agar u to‘daga qarab, «bo‘q yeng» desa, poda ur-ra deb bo‘q yeyishni boshlab yuboradi. U oq rangli qog‘ozni qora desa, hamma qora deydi.

Bunaqa paytda o‘rtaga to‘rtinchi hokimiyat chiqadi va «janob prezident, bu qora emas, oq», deydi. «Bo‘qning ichida milliardlab kasal lichinkalar bor, yesang o‘lasan», deydi.

Unga qarab na prezident, na parlament raisi va na sudya «og‘zingni yum», deya olmaydi.

Buni, azizlar, demokratiya deydi.

Xullas, demokratiyada hokimiyatlar ayrilgani uchun dunyoning 180 davlati rafoq ichida yashayapti. Mafkura totalitarizmi o‘rnatilgan yakkahokim davlatlar esa ichdan chirib ketgan.

Qissadan hissa shuki, demokratiyadan yaxshiroq boshqaruv tizimi yo‘q. Qudratlar ayriligi demokratiyaning umurtqasidir.

Mana, azizlar, demokratiya haqidagi va'zimiz nihoyasiga yetdi. Ikki yildan keyin tovuqparast prezident qulog‘ini ushlab ketib, yangisi saylansa, bu to‘dani xalq deb atayman. Ungacha auf vi der zeyn, chao pompidu, poka biradlar!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 mart 2016
O‘zbekistonda 2015 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida to‘plangan ma'lumotlar hukumat majburiy mehnatdan tizimli ravishda foydalanishga chek qo‘yish uchun zarur islohotlar ...
12 may 2017
12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi. Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh ...
23 oktyabr 2020
Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining feysbuk sahifasida 22 oktyabr kuni yozishicha, Zangiotadagi 21-koloniyada saqlanayotgan onasining sog‘lig‘i ancha yomonlashgan va unga ...
30 dekabr 2019
O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1991 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida qatnashgan edi. Ayni voqeagacha va ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...