Asosiy mavzular
28 oktyabr 2020

O‘zbekistonda ziyoli oqsoqollar partiya tuzmoqchi. Ularga nima to‘sqinlik qilmoqda?

Joriy yilning 17 oktyabrida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bir guruh ziyolilar Toshkentda yig‘ilgan. Bu yig‘in “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial demokratik partiyasi ta'sis majlisi oldidan bo‘lib o‘tgan.

Yangi tuzilishi rejalashtirilayotgan partiya tashabbuskorlari orasida jurnalist, huquqshunos, iqtisodchi, faylasuf, general-mayor, inson huquqlari faollari bor.

Yig‘ilishga “Adabiyot gazetasi” nashri bosh muharriri Baxtiyor Karim moderatorlik qilib, tashabbuskorlarga bir qator savollar bilan murojaat etgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda nafaqadagi jurnalist Tursun Qoratoev “O‘zbekistonda ushbu partiya tuzilsa, kelajak avlod uchun yaxshi bo‘lishi”ni ta'kidlaydi.

Falsafa fanlari doktori Bo‘ri Ziyomuhammedovning aytishicha, partiya tuzilsa, “O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoevning obro‘si oshadi. O‘zbekiston kelajagi haqiqatan ham buyuk bo‘ladi”.

Tuzilajak partiyaning ta'sis majlisini o‘tkazish uchun partiya faollari sentyabr oxirida Prezident nomiga ariza yo‘lladi. Unda karantin sharoitida sanitariya talablari saqlangan holda partiya yig‘ilishini o‘tkazish uchun ruxsat so‘ralgan.

Tashabbuskorlar rahbari sifatida ko‘rilayotgan iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov partiya tuzishda mamlakatda mavjud qonunlar asosida harakat qilayotganini ta'kidladi. 

U faoliyatni davom ettirishda sun'iy to‘siqlar, siyosiy tahdid va g‘ayriqonuniy qarshiliklar qilinmasligi katta imkoniyat ekanini aytadi. 

Allaqulov, shuningdek, partiya ta'sis yig‘ilishini chaqirishga oid jo‘natilgan arizaga mamlakat rahbaridan ijobiy javob olinishiga ishonishini bildiradi.

Tag‘in o‘qing
10 noyabr 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Qish mavsumi yaqinlashgani sabab keyingi paytlarda o‘zbeklar muhokama qilayotgan asosiy mavzulardan biri uyni isitish, qanday qilib ...
19 aprel 2018
Prezident Mirziyoevning pedagog va shifokorlarni majburiy ishlarga jalb etmaslik talablaridan so‘ng Toshkentda 17 aprel kuni o‘tgan yig‘ilishda bir necha ...
18 oktyabr 2015
Shoxrux Aliboev, 2013 yilning 27 iyunida ota onasidan ajratilib bolalar uyiga topshirilgan edi. +video
9 mart 2020
2020 yildan O‘zbekiston paxtaga davlat buyurtmasidan voz kechadi. Prezident Mirziyoev farmoniga ko‘ra, 2020 yil hosilidan boshlab viloyatlarning paxta yetishtirish ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...