Asosiy mavzular
23 mart 2021

Izboskanlik fermerlar: «Bizning huquqlarimiz poymol etilmoqda»

2019 yil oktyabrda prezident Mirziyoev 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlagan edi. Bu hujjat O‘zbekistonning samarasiz qishloq xo‘jaligini isloh qilishni ko‘zda tutadi.

Ammo bugungi kunga kelib, bu islohotlar fermerlarga katta erkinlik taqdim etmay, balki ularni hokimliiklar nazoratida qoldirib, yangi xo‘jayinlar – klasterlar uchun mahsulot yetkazib berishini ko‘zda tutadi. 

Andijon viloyatining Izboskan tumanidan «Eltuz»ga murojaat etgan fermerlar ham klasterning kasofatiga duch kelganlardan. Tumandagi 114 ta fermer o‘tgan yilgi paxta hosilining pulini “Sohib Omad Barakasi” MChJ klasteridan hali-hamon ololmaganidan nolimoqda. 

Fermerlardan birining «Eltuz»ga bildirishicha, o‘tgan yili “SOHIB OMAD BARAKA” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, yetkazib berilgan paxta xomashyosining puli 2020 yilning 31 dekabriga qadar to‘lanishi kerak. 

Klaster uning fermer xo‘jaligidan 200 milliondan ortiq qarzi bor. Shartnomada to‘lov kechiktirilgani uchun jarima ham belgilangan.

«Viloyatda dardimni eshitadigan odam topilmadi. Hokim bilan ish bitmaydi. Prezident siyosati deb klasterlarga hatto tuman va viloyat hokimlarining ham so‘zi o‘tmayapti. Yana eshitishimizcha, klaster bilan hokimning tili bir emish», dedi fermer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlik fermerlarni tomchilab sug‘orish texnologiyasi o‘rnatish uchun bankdan 20 foizli kredit olishga majburlamoqda. Shu bilan birga, ularga g‘o‘za orasida soya ekish talabi ham qo‘yilgan. 

«Mutasaddilar yerga xo‘jayinlik qilib, huquqlarimizni poymol etmoqda, – deydi isboskanlik fermer. – G‘o‘za orasiga soya ektirishdan maqsad aslida o‘tmay qolgan soya urug‘larni 40 ming so‘mdan fermerlarga o‘tkazish. Hosilni esa 5 ming so‘mdan yig‘ib oladi. 

Ikkinchidan, g‘o‘zaning orasiga soya eksa, hosil olish imkoni juda kam. Ayrim fermerlar qo‘rqqanidan soya urug‘ini olishga rozilik bildirishgan. 

Soya urug‘ini klasterdan olasiz, hosilni ham klaster sotadi. Hududdagi hech bir klasterlarga soya ekish talabi qo‘yilmagan. Xo‘p, soyani olaylik, qancha norma topshirishimiz kerakligi, bir gektar yerdan o‘rtacha qancha mahsulot olish mumkinligi haqida na hujjat bor, na bir talab bor. 

Faqat olasan, ekasan, deyishmoqda. Olib, ertaga hosil kam bo‘lsa, bizga ziyon. Yana fermerlarga qaerdan bo‘lsa ham soya hosilini topshirishi kerak, deb shart qo‘yiladi».

Yana bir fermerning aytishicha, ularning o‘zlari har bir gektar yerni tomchilatib sug‘orish uskunalari uchun 12-17 million so‘m so‘rayotgan firma bilan shartnoma qilish niyatida. Ammo hokimlik 25 million so‘mga ish bitiradigan firma bilan shartnoma qilishga majburlamoqda.

O‘tgan yili oktyabrda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqalgan edi. 

Sadbarxon Mamitova audioda fermerlarni nimaga soya sotmagani va rejani bajarmagani uchun kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 mart 2023
«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» yoki «etajkom» deb ...
19 iyun 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi maktublarni o‘qiymiz. Bu safar ularni o‘qishda va tanlashda sun'iy intellekt mansublari bo‘lgan Uyg‘un Egamberdi va ...
31 yanvar 2018
31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida ...
1 avgust 2016
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...