Asosiy mavzular
7 fevral 2023

EP56: Gaz, chiroq, suv muammosi, hokimlar harajati va Toshkent shahridagi noqonuniy qurilishlar

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan. Qiziltepa QFY turg‘uni Nigora Yodgorova O‘zbekistonning eski dardi – gaz, chiroq va suv yo‘qligidan nolimoqda.

“Obod qishloq” dasturi bizning ko‘chani chetlab o‘tdi

Salom, eltuz! Men – Nigora Yodgorova, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Qiziltepa QFYdan murojaat yo‘llayapman. Bizning qishloqda gaz yo‘q, chiroq ham tayinli yonmaydi. “Obod qishloq” dasturi doirasida asosiy yo‘llardagi simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi, eski quvurlar olib tashlanib yangi ichimlik suv quvuri tortildi. Lekin bizning mahalla qishloq o‘rtasida joylashganiga qaramay, negadir “Obod qishloq” dasturi ko‘chamizni chetlab o‘tdi. Bizda suv yo‘q, simyog‘ochlar xavfli ahvolda. Hurmatli Prezidentimiz! Farg‘ona bo‘ylab tashrifingiz haqida eshitdik. Iltimos, bizning qishlog‘imizga ham kelsangiz!
Keyingi maktub Andijondan Bo‘ston tumani turg‘uni yo‘llagan shikoyatida tuman byudjetidan hokimlik tadbirlari uchun oshiqcha mablag‘lar sarflanayotganini aytmoqda.

Tuman mablag‘i to‘g‘ri sarflanmoqdami?

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi 30 yanvar kuni zaxira mablag‘ini taqsimlashga doir farmoyish imzolabdi. 1 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ning asosiy qismi hokimiyat tizimiga sarflangan. Masalan, tadbirlar uchun 100 million, fosterlar uchun 50 million, obodonlashtirish boshqarmasiga manzarali daraxt va gul ko‘chatlari sotib olish uchun 320 million so‘m ajratilgan. Mablag‘ to‘g‘ri sarflanmoqdami? Bizningcha, mablag‘larning o‘z joyiga ishlatilishini aholi onlayn ko‘rib turishi kerak.
Toshkent shahrining Yangihayot tumani turg‘uni noqonuniy qurilishlardan shikoyat qilmoqda.
Ko‘p qavatli uylar o‘rtasida o‘zboshimchalik bilan qurilish boshlandi
Toshkent shahri Yangihayot tumani 5 A hududda joylashgan 47- va 46-uylar oldida joylashgan yer maydonida noqonuniy qurilish boshlandi. Qurilishning na pasporti bor, na tayinli odam bu haqida xabar bera oladi. 29 yanvar kuni yer maydoni o‘zboshimchalik bilan o‘rab olindi va ertasiga ekskavator bilan kovlash ishlari boshlandi. Aholi bundan norozi. Chunki 4 ta uy o‘rtasidagi bo‘sh yer bolalar dam olish joy qilish uchun tashlab ketilgan edi. Bu yerda qurilish qilish mumkinmi? Tuman hokimiyati va mutasaddilardan izoh kutib qolamiz.
Keyingi maktub Namangandan. Yana ichimlik suvi muammosi haqida.

Ichimlik suvi sabab ba'zida janjal ham chiqyapti

Namangan viloyati Pop tumani Vodiy MFYdan murojaat yo‘llayapmiz. Qishloqda ichimlik suvi muammo. Suv jildirib oqib turadi, shunga aholi navbatda turamiz. Ba'zida suv sabab janjallar ham chiqadi. Tuman mutasaddilarining holat bilan ishi yo‘q. Viloyat va respublika mas'ullaridan amaliy harakat kutib qolamiz.
Keyingi maktub yo‘lkira, isitish tizimi va o‘qish bilan bog‘liq, Namangan davlat universiteti talabasi yozmoqda.

Fakultetimiz xonalarida isitish tizimi yaxshi ishlamayapti

Namangan davlat unversiteti talabasiman. Farg‘ona viloyatidan kelib o‘qiyman. O‘qish boshlanishi bilan yo‘lkira narxi oshib ketdi. Ijtimoiy fanlar fakulteti xonalarida isitish tizimi ham yaxshi ishlamayapti. O‘qishning ilk kuniga yakuniy qo‘yishibdi, ammo u ham kech boshlanyapti. Mutasaddilar holatga e'tibor qaratsa yaxshi bo‘lardi.
+++
Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘ngi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
24 avgust 2020
Belarusdagi namoyishlar ortidan prezident Aleksandr Lukashenkoning 23 avgust kuni avtomat va bronejiletda aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi. ...
10 oktyabr 2017
10 oktyabr kuni Andijonda paxta kampaniyasi bois, shahar qatnovidagi «Damas»larning kira haqi 2000 so‘mga chiqdi, deya xabar beradi «Eltuz» ...
9 avgust 2016
8 avgust kuni Eltuz.com cahifasiga o‘z filmi haqidagi maqola yuzasidan izoh qoldirgan rejisser Zulfiqor Musoqov, efirga qaychilab uzatilgan filmi ...
21 yanvar 2020
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih hayoti haqidagi “Begona” filmining oxirgi 14-qismi uning umr yo‘ldoshi, biolog olima, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...