Asosiy mavzular
18 aprel 2023

O‘qituvchilarni urgan zo‘rovon, ta'mirlanmagan yo‘l va sotilgan mahalla binosi – EP70

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlaridan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki maktubni avtomobil haydovchisi yo‘llagan. Maktubga video ham ilova qilingan. O‘z ismini yashirin qolishini so‘ragan shikoyatchi videoda aks etgan yo‘l axvolini Julqunboy tilidan shunday izohlaydi. 

O‘ttiz  uch  yildan  beri  ta'mirlanmayotgan  yo‘l

Tuz  og‘a  dardimizni  sizga  aytmasak,  boshqa  bizni  tinglaydurg‘on  kimsa  ko‘zimizg‘a  ko‘rinmaydur.  Shunday qilib “Yangiturmush” mahallasining Qorako‘l   tumani markazi bilan tutashtiruvchi 4n 170 nomerlik  yo‘l mana  33 yildirki   ta'mirlanmasdan  kelinyapti.  Hatto  shunday  vaqtlar  bo‘ldiki,  mahallamizga  birorta    yuk  mashinasi  “mashinam  to‘kilib  ketadi,  resorim  sinadi” -degan  asoslik  vaj  bilan  biz  tomonlarga  kelishni  xoxlamay  qo‘ydilar. Maktab  bolalarining  qishda  loyga  botib,  yozda  esa  changga  botib  qatnashlari  haqida  gapirmasak  ham  bo‘laveradi.  Har  qanday  sabr bardoshning  ham  chegarasi  bor.   Bunday  ahvolda  yashash  oxir – oqibat  jonlariga  tekkan  odamlar  agar:  yo‘limiz tugal  ta'mirlanmasa  biz  Prezident  sayloviga  bormaymiz – deb  2021- yilgi   prezident  sayloviga  borishdan  bosh  tortdilar.  Bundan  sarosimaga  tushgan  mutasaddilar  esa  saylovga  uch  kun  qolganda  barcha  texnikalarni  shu yo‘lga  keltirib  nomiga  yo‘l  ta'mirini  boshlab  yubordilar.  Yo‘lning  yuza  qismini  tekislab  yupqa  shag‘al yotqizdilar.  Bu  ishlardan  shodlanib  ketgan  odamlar  ko‘tarinki  ruh  bilan  prezident  sayloviga  ishtirok  etdilar.  Ammo  ming  afsuslar  bo‘lsinkim,  bu  xursandchilik  uzoqqa  cho‘zilmadi.  Saylov  o‘tishi  bilan  yo‘l  qurilish  texnikalari  bu yerdan  birin – ketin  g‘oyib  bo‘lib  yo‘l  eski  ahvolida  qolib  ketdi.  Mana  oradan  ikki  yil  o‘tsa  hamki,  biron  kishi  bu  yo‘ldan  hanuzgacha  biror  marta  xabar  olmadi.  Endi  yaqinda  o‘tadigan  referendumdan  habar  topgan  odamlar esa  bu referendumdan  ishtirok  etishdan  bosh  tortish  niyatidalar.  Negaki,  bundan  keyin  ta'mirlash  boshlangan  yo‘llarga  allaqachon  asfalt  yotqizilgan  bo‘lsada  bu  yo‘ldan  hech  kim  xabar  olmaydir. deya yozadi qorako‘llik shikoyatgo‘y.

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi videoda maktab o‘qituvchilarini urib kaltaklagan zo‘rovon aks etgan.

O‘qituvchilarni urgan zo‘rovon

«Aytishlaricha, bu holat 14-aprel kuni Uzun tumani 31-umumiy o‘rta ta'lim

maktabida yuz bergan. Zo‘ravon,  ayol o‘qituvchini urib yiqitgani aks etib qolgan videoda» deya izohlaydi videoni maktub egasi. Umid qilamizki, o‘qituvchilarga musht ko‘targan bu shaxs jazolanadi, huquq tartibot idoralari voqeani o‘z nazoratiga oladi.

Keyingi maktub Farg‘onaning Qo‘shtepasidan. Maktub egasi maxalla raisi maxalla adminstrativ binosini pullab yuborganini iddao qilmoqda.

Sotilgan mahalla binosi

«Assalomu alaykum men Qo‘shtepa tuman Quvrboshi MFYdanman.

 Mahallamiz raisi Raximov Ma'mur MFY binosini sherikchilik asosida deb  Jalolov Latifxon degan kishiga berib yubordi. Mahalla faollari hech kim bilmaydi o‘zimizning mahallani uch milliard puli bor shu pulga qilaylik bino o‘zimizda qoladi desak «bu joyda men raisman mening gapim gap hech qaysing aralashma, hokimni habari bor. Hech qaysing hech narsa qilolmaysan»deyapti. O‘zi pensioner odam hech ish qilmaydi, faqat kun o‘tsin oylik tushsinga o‘tvogan. Mahallani orqaga tortyapti raiisni alishtirib beringlar deb tuman hokimi va prokrorga aytdik foydasi yo‘q. PQ-408dan pul ajragan mahallaga suv tushirish uchun uni ham quruvchilar bilan kelishib rasvo holatga opkeldi, kimga murojaat qilishni bilmayapmiz. Hokimga ham sektor raxbarlariga ham bir nechta marta murojaat qildik foydasi yo‘q.»

4

Keyingi maktubni Toshkent viloyatining Angren shahridan avtomobil egasi yozmoqda.

“Toshkent viloyati Angren shahridan murojaat yo‘llayapman. Avtomashinam jarima maydoniga qo‘yilgan edi. Ertasiga jarimani to‘lab, avtomashinamni olib ketish uchun YHXBga bordim. Ammo elektron baza ishlamayotganini aytishdi. Ertalab soat 8 dan 15 gacha ham baza ishlamadi, ma'muriy bo‘lim xodimidan ham darak bo‘lmadi. Bo‘limda 50 dan oshiq haydovchi kutib o‘tirdi. Axir, mashina jarima maydonida turgan har bir kun uchun to‘lov bor-ku. Har bir kun uchun ortiq pul to‘laymizmi? Holat yuzasidan amaliy harakat va izoh kutib qolamiz”.

Keyingi shikoyat Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidan. Maktub egasi 

Buvaydalik o‘qituvchi…

«Men Xalilova Xolida Buvayda tumani Qo‘rg‘oncha MFY dan murojaat qilyapman.

Hudimizdagi 6-maktabdan shikoyatim bor. Mening qizim o‘qiydigan sinfga o‘rta maxsus ma'lumotli sinf raxbari tayinlangan. Ikki yildan beri direktorga nega oliy ma'lumotli o‘qituvchi qo‘ymaysiz desam «u sinfni hech kim olmaydi, shuning uchun majburman, dedi. Qizim maktabga ko‘p o‘quvchilar kelmaydi, davomat past, degan edi. 

Qiziqib maktabga kirsam, haqiqatdan ham davomat past ekan. Uchinchi soatdan keyin qizim o‘qiydigan sinfda hech kim yo‘q, sinf raxbaridan so‘rasam, parvoyi palak, qochib ketishdi, deydi. Hammasini syomka qivoldim. shundan keyin qizimga ustozi zimdan bosim qilyapti.

Yaqinda uyida sumalak qilib, mening qizimni qo‘shmabdi. Bundan qizim ruxan azoblanib rosa yig‘ladi. Sinf raxbari qizlarga yaqinda sizlarni o‘ynagani olib boraman, Zaxroniyam oboramiz, hech qaysilaring birga yurmaysizlar, ajratib qo‘yamiz, debdi. Ayolim ustozidan shunaqa dedingizmi desa, shunaqa dedim, debdi. 

Maktabda ham hamma ustozlarning ichida qizim oldida ham viqor bilan tan olibdi. Bu gaplarni gapirish qaysi qonunga to‘g‘ri keladi? O‘smir qizga qanday ta'sir qilishini, oqibatini o‘ylamaydimi? O‘zini bir nima qilib qo‘ysa kim javob beradi? Bularni direktorga aytaman, desam doim balnichniyda, yo otpustkada. Maktabda nazorat yo‘q, ta'lim saviyasi, davomati juda past. Buni mfy raisi ham tasdiqlaydi. 

Direktorga va ta'lim malakasi kam sinf raxbariga xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini so‘rayman» deya yozadi farg‘onalik o‘quvchi qizning ota onasi.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
29 iyun 2018
O‘zbekiston hukumatining muttasil buzish va qurish ishlari tufayli tarixiy qimmatini yo‘qotgan Shahrisabz yodgorliklari iyun oxirida e'lon qilinadigan YuNYeSKO qaroriga ...
31 may 2019
Sho‘rolar hukumatining keskin siyosati, aholining xususiy mulki, chorva mollarini tortib olib, ko‘chmanchi xalqlarni majburan o‘troqlashtirish, kolxozlashtirish harakatlari oqibati o‘laroq, ...
29 aprel 2015
Bezor bo‘lmadingizmi, a?? Tinch qo‘yinglar endi, sizga o‘xshaganlardan qochib chiqqanimga allaqachon 20 yildan ko‘proq bo‘ldi, aynan O‘zbekiston nomli jahannamdan ...
3 iyun 2016
Toshkentda Korruptsiyaga qarshi seminar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan O‘zA agentligining bildirishicha tadbirda, «Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qonun ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...