Asosiy mavzular
29 may 2023

Ruslan Davletov o‘z xodimining poraxo‘rligidan bexabar bo‘lganmi?

Ruslan Davletov Adliya vaziri ekan qo‘li ostidagi xodimning pora olganini bilaturib, uning ishishini prokuraturaga oshirmagani haqidagi post Eltuzda nashr qilingach, Adliya vazirligi matbuot xizmatining sobiq xodimi Zafar Rahmonov sobiq vazir himoyasiga chiqdi.
Hozirda Vazirlik qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida ishlashini aytgan Zafar Rahmonovning iddao qilishicha, sobiq Adliya vaziri Ruslan Davletov o‘z xodimi, Navoiy viloyati Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshlig‘i Bahodir Toshevning G‘iyos Nuritdinovdan pora olganidan bexabar bo‘lgan.
Zafar Rahmonov sobiq vazirning G‘iyos Nuritdinov bilan uchrashganini tasdiqladi, ammo undan audio yoki video tasvirlar olmaganini aytdi.
Quyida Zafar Rahmonovning Eltuzga yo‘llagan maktubini hech qanday tahrirsiz taqdim etamiz:
Zafar Rahimov:
«Telegram Eltuz kanalida shu material chiqibdi, lekin bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan joylari ham bor og‘a. Sizga qanaqa malumotlar borganini bilmadiku asli voqea bunday bo‘lgan:
Sobiq Navoiy davlat xizmatlari boshlig‘i Bahodir Toshev va G‘ies Nuriddin o‘zar biznes hamkorlik qilgan (parnik biznesi).
Keyin o‘rtada o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. O‘sha vaqtda Bahodir Toshev davlat xizmatlari xodimlarini o‘sha parnikda ishlatgan.
Keyin G‘ies Nuriddinov bundan xabar topgach, o‘sha vaqtda adliya vaziri bo‘lgan Ruslanbek Davletov qabuliga kirgan.
Davletov bu voqeani bilgach, rost ekanligi tasdiqlangach, Bahodir Toshevni lavozimidan ozod qilgan.
G‘ies Nuriddinov Davletov qabuliga kirganda korruptsiya yoki poraxo‘rlik bo‘yicha hech narsa aytmagan ham, hech qanday audio yoki videoezuv ham taqdim qilmagan.
O‘zingiz juda yaxshi bilasiz Davletov korruptsiyani yo‘qotish bo‘yicha tizimda ancha ishlarni qildi.
Agar Baxodir Toshev poraxurlik qilgan bo‘lganda bu ish aniq tegishli organda tergov qilinardi.
Shu uchun Davletovga tuhmat qilinaetgan malumotlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli bir to‘liq urganishingizni Sizdan iltimos qilamiz og‘a.
O‘zi bersa ham bo‘lardi prokuraturaga, hech kim taqiqlamagan.»

@eltuz2022 Eltuz jamoasi surishtiruvida qatnashgan, bir-biridan mustaqil bir necha manba Toshev Bahodir bo‘yicha postimizda keltirilgan korruptsiyaviy holatni tasdiqlashdi.
Rustam Davletov sobiq xodimining uni qo‘llab-quvvatlashini ham tushunamiz.
Kimam o‘zi qilgan xatoni tan olgisi keladi?
Bizning maqsadimiz: kimnidir yomon otliqqa chiqarish, kimnidir mansabidan ketkazish yoki kimgadir shaxsiy adovatda bo‘lish emas, biz xalqimizga oyning qorong‘u tomonini yoritmoqdamiz, xolos. Xulosa qilish o‘zingizdan. Izoh sizdan. Kanalimizga obuna bo‘ling. Layk bosing!

@eltuz

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2020
Prezident Mirziyoev imzolagan yangi qarorga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvaridan mehnat muhojirlariga soliqlar joriy etiladi.’ Qator o‘zbek nashrlarining yozishicha, ...
14 yanvar 2018
13 yanvar kuni Toshkentda taniqli o‘zbek yozuvchisi Nosir Fozilov 88 yoshida vafot etdi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning kamtar ...
7 may 2021
Zihi davroniy, Farxunda nishoniy. Zamon o‘ldi – O‘rusiya zamoni. Furqat Hormang, Ramazon oyida ro‘zalarni tutib, qalblari iymon nuriga to‘layotgan ...
19 avgust 2021
Erdo‘g‘on hukumati qozog‘istonlik “Dikiy” (“Yovvoyi”) laqabli kriminal avtoritet Arman Jumageldievni hibsga olishni so‘radi, biroq Nazarboev hukumati o‘zining cho‘ntak “o‘g‘ri”sini ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...