Catira
7 iyun 2016

Ramazon oyida O‘zbekistonda iftor taqiqlandi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiylari, Ozodlik radiosi tasdig‘iga ko‘ra, bugungi kunda iftor berish bid'at ekanini aytishmoqda.

O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri Ramazon oyi ibodatlariga turli cheklovlar joriy qilinadi. Lekin diniy idora buni ilk bor tan olmoqda.

O‘tgan yili hukumat bolalarni Hayit namoziga olib bormaslik haqida ota-onalardan tilxatlar olgani, talabni buzganlar 15 minimal oylik miqdorida jarimaga tortilishi haqida ogohlantirilgani haqida bildirilgandi 17 yoshgacha bo‘lganlarni Hayit namozi payti masjidga yaqin yo‘latmaslik qattiq topshirilgandi.

Toshkentdagi “Xo‘ja Alambardor” jome' masjidi mutavallilari, nafaqat Hayit namozlari balki juma namozlariga ham, bolalarni qo‘ymagani qayd qilingandi.

Bu yil esa navbat masjidlarda iftor berishni taqiqlashga kerdi.

Rassom Tuz
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2015
Jurnalistlarning O‘zbekistondagi ko‘p jiddiy o‘zgarishlarni tushunishlari qiyin bo‘lib qoldi. Ayniqsa, “biror fikringni bildirishdan oldin rahbariyat oldiga chiqib ruhsat” olish ...
3 may 2020
Sardobadagi to‘g‘onning urib ketishi, pastdagi qishloqlarning suv olishi bu – isitma yoki ta'bir joiz bo‘lsa, aysbergning uchi, xolos. Keling, ...
9 sentyabr 2020
Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat ...
4 noyabr 2020
​Farg‘onada bir guruh ko‘ngillilar daydi it-mushuklar uchun maxsus joylar tashkil etilishini talab qilmoqdalar. Ularning fikricha, hayvonlarga mehrli munosabatda bo‘lish ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...