Catira
14 iyun 2016

Shanhay diktatorlarining paranoyasi

ShHT sammiti yaqinlashgan sayin o‘zbek hukumatining ho‘jako‘rsin tadbirlari ko‘lami ortmoqda.

Rasmiylar o‘z harakatlarini Vazirlar mahkamasining “Toshkent shahri magistral ko‘chalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 227-sonli qarorinni ro‘kach qilishadi.

Ayni shu maqsadda, ko‘pqavatli binolarning fasadi xo‘jako‘rsinga bezalganini ko‘rish mumkin.

ShHT sammiti oldidan ko‘rilayotgan tadbirlar bois shuningdek, uylariga bormasdan kazarma holatida qolayotgan ichki ishlar, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari ruhan va jisman charchab qolishayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Shaharni viloyatlardan kelgan propiskasi yo‘q fuqarolar, daydilar va mardikorlardan tozalash ayni shu xizmatchilar zimmasida. Shuningdek, ShHT sammiti arafasida shahardagi qarovsiz hayvonlar, daydi itlar va mushuklarni yo‘q qilishga jiddiy kirishilgani haqida aytilmoqda.

Ayni muammolarni hajv ostiga olgan rassom Tuz, Eltuz.com uchun o‘zining yangi asaridagi zaharlangan mushuk obraziga izoh berarkan, bunga hujjat keltiradi.

«Agar ayni kunlarda kimningdir ko‘chaga sayrga chiqqan mushugi o‘ldirilsa O‘zbekiston hukumatining 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ro‘kach qilinishi mumkin», deydi u.

Uning fikricha, yopiq shahardagi yangi tadbirlar Shanhay diktatorlarining paranoyasidan boshqa narsa emas.

Rassom Tuz
Ettuz.com

Tag‘in o‘qing
2 avgust 2018
Yevropada yashay boshlaganim qochqinlikning o‘ninchi yili yakunlanarkan, bugun ilk bor yarim asrlik umrim ortiga qaramoqchi bo‘ldim. Jo‘n ma'noda esa ...
24 fevral 2024
Saylov bu demokratiyaning umurtqa pog‘onasi. Har bir vatandosh parda bilan o‘ralgan xonaga kirib, o‘z siyosiy irodasini bildirib iqtidor vektoriga ta'sir ...
26 noyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Sochi kalta olingan, pastki labi oldga turtib chiqqan, o‘zi sariqdan kelgan baquvvat jussali bu kishining tund ...
15 yanvar 2016
Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra 11 yanvar kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tuman hokimligida TIIB shaxsiy tarkibi ishtirokida majlis o‘tkazilib, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...