Catira
2 avgust 2016

Xo‘jako‘rsinga bo‘yalgan archalar…

Ko‘zbo‘yamachilikning bu usuli Toshkentda Mustaqillikning 25 yilligi oldidan qilinayotgan xo‘jako‘rsin amaliyotlarning bir qismi ekani aytilmoqda.

«Chinorlarni chopishmoqda – archalarni bo‘yashmoqda(((( degradatsiya» – deya izoh qoldiradi Farida Sharif ismli ayol qo‘ygan rasmga Yelena Savchenko ismli ayol.

Aerozol bilan bo‘yalgan qurigan archalar surati Feysbukka tashlanishi bilan munozara boshlandi.

«Potemkin qishloqlari.. Illyuzion» deya pisanda qildi Ikrom ismli yuzer.

Bilganlar, bu amaliyot O‘Zbekiston uchun yangilik emasligi, har yili Mustaqillik oldidan archalar bo‘yalishini aytishsa, boshqalar buni, Toshkent hiyobonlaridagi kesilgan behisob navqiron daraxtlar o‘rini bildirmaslik uchun qilinganiga sha'ma qilashadi.

«Oddiy archalarni kumushrang qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan shekilli?)))» deya kuladi rasmni ko‘rib, zaharxanda bilan yana bir yuzer.

«Farida! Bu axir sovka – hamma narsani yaltiratib, yalab yulqab ko‘rsatish qisqasi… Bu SSSRni eslatmaydimi? Tag‘in ham!)) (Ahmoqona) odatlar va tartib o‘zgarmagan, ko‘rib turibmiz!» deydi Yekaterina Malosabirova.

«Agar Mustaqillik qishda bo‘lganida, oq bo‘yoq bilan qorlarni aks ettirishgan bo‘lishardi» deydi uning fikrini davom ettirib Farida.

Hazilni yig‘ishtirib, bu maynavozchilik kimga kerak degan savolga javob berarkan, Farida, daraxtlar qurigani va kim uchun bo‘yalganini ochiq aytadi.

«Aslida ular archalarga ham tupurishgan, muhimi katta boshliqlari samoviy go‘zallikni ko‘rishlari kerak», deydi u.

Issiq iqlimga chidamay qurigan bu archalarning bir vaqtlar «daraxtkesar hukumat raxbarlari» zug‘umi ostida aholiga majburan ektirilgani ham aslida ko‘pchilikka sir emas.

«Aqldan ozishning hamma alomatlari ko‘rinib qolibdi… archalarda! Ahir bu diagnoz, o‘rtoqlar! Va shu alomatlardan allaqachon anamnez yetishib keladi», deydi munozarani davom ettirib Galina Dolgaya

«Qisqasi ko‘zyosh aralash kulishda davom etamiz», deydi zaharxanda bilan Yekaterina ismli FB yuzeri .

Xullas, sirti yaltiroq bu archalar bilan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovdan boshqa hech kimni aldash mumkin emasligini hamma biladi.

«Tag‘in Amir Temurning toshdan yasalgan otidan boshqa…», – deya qo‘shimcha qiladi bu haqda yangi hajviy asarini hozirlab, Eltuz.com nashriga yo‘llagan rassom Tuz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2022
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da. Joriy yil 4 yanvar ...
30 sentyabr 2015
Bugun, 30 oktyabr kuni, kamida 4 nafar bo‘lgan bir guruh odamlar ikkita mashinada Angrendan to Toshkentgacha huquq himoyachisi Dmitriy ...
11 noyabr 2019
Oddiygina avariya sodir etgani sabab ichki ishlar idorasiga olib borilgani ortidan ikki hafta bedarak ketgan andijonlik Abdulloh Tohirovning boshidan ...
16 noyabr 2023
14 noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nuqt ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...