Catira
3 avgust 2016

Piramidaga yo‘l

«Ahmadboy Chinazskiy» niki ostida feysbukda mikroblog ochgan shaxsning ta'kidlashicha, katta moliyaviy firibgarlikda Ahmadboy ikkinchi darajali shaxsdir.

«3-4 yil avval bu firibgarlik chinozlik Ahmadboy shotir yordamida boshlandi. Ungacha Ahmadboy shotir tovuqfurushlik, hayvonot bog‘iga ba'zida o‘lgan hayvonlar go‘shtini topshirish bilan shug‘ullangan», deya yozadi u so‘nggi bloglaridan birida.

Muallifning fikricha, moliyaviy piramida poydevorini qo‘yish uchun ancha mablag‘ kerak va O‘zbekistondagi real holatdan kelib chiqib qonuniy tadbirkorlik yo‘li bilan bunga erishish mumkin emas.
U firibgarlikning beshta alomatini sanaydi:

  1. Yuqori daromadning taklif etilishi;
  2. Yuridik asosga ega bo‘lgan birorta hujjatning yo‘qligi;
  3. Mijoz keltirganlarga moddiy rag‘batlantirish mavjudligi (sizni olib borib tanishtirayotganlar 10% gacha mukofot olyapti, bundan xabaringiz bo‘lmasligi mumkin);
  4. O‘zini reklama qilishda ijobiy obraz yasash harakatlari);
  5. Hattoki uning o‘zi bu firibgarlikni tan olib, «menga biror gap bo‘lsa, pullaringni yaqinlarimdan talab qilmanglar», deyishi.

Buning ortidan muallif ayni piramidaning «Nuriddinboy», «To‘xtasin», «Alish», «Hasan-Husan», «Rasul», «55», «Murod», «Qo‘chqor» kabi boshqa o‘nlab «sirli biznes sohiblari» nomlarini keltiradi va ularning hukumat izmidagi qo‘g‘irchoqlar ekaniga sha'ma qiladi.

Hukumatning bu shotirlarini esa u «do‘zax elchilari», deb ataydi.

«O‘ylab ko‘ring, 2-3 yildan buyon, ochiqdan-ochiq, keng ko‘lamda, tadbirkorlik sub'ektlariga oid barcha qonun-qoidalarni buzgan holda kim faoliyat yurita oladi?» deya savol bilan yuzlanadi muallif.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «minglab sodda va go‘l odamni aldab xonavayron qilgan, gadoga aylantirgan» biznes tepasida hukumat va uning oliy amaldorlari turibdi.

«Bunga javobgar hukumatdir. Amaldorlar bu firibgarlik oqibatlariga shaxsan javob berishi kerak. Xalq, ko‘zingni och! Bir lahzada hamma narsangdan ajralasan! Ish pishgandan keyin DODingni hech kim eshitmaydi», deya yozadi «Ahmadboy Chinazskiy» niki ortidagi FB yuzeri.

O‘zining yangi suratini eltuz.comga yo‘llagan rassom Adolat ham hukumat tomonidan qo‘yilgan yo‘l ko‘rsatkichiga urg‘u qaratadi.

«Odamlarni piramida degan jarlikka yetaklovchi yo‘lni hukumatning o‘zi ko‘rsatmadimi?» degan savol bilan yuzlanadi u.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 avgust 2016
28 avgust kuni, O‘zbekiston tarixida ilk bor, Vazirlar Mahkamasi prezident Karimov sog‘lig‘i haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi ...
18 yanvar 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 18 yanvar sonini taqdim etadi.+++Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Samoq MFYda qor erishi oqibatida sel yuzaga ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...