Catira
14 fevral 2017

Sevishganlar kuni – o‘zbek matbuoti nishonida

Taqiq va cheklovlarga qaramasdan o‘zbek yoshlari nishonlaydigan «Sevishganlar kuni» haqida maqola yozgan o‘zbek jurnalisti Darmon Ibragimov bu kunga “bayram bilan niqoblangan razillik” deya ta'rif bergan.

Kun.uz nashrida aksilg‘arb tamoyilida yozilgan bu maqola muallifi orqasiga o‘girilib, Nikulin kinolarini eslatuvchi ohangda, “Bizning buyuk alloma bobolarimiz dunyo ilm fani, madaniyati, tibbiyoti rivojida ulkan burilishlarni boshlab bergan kashfiyotlar bilan band bo‘lgan davrda hali mudroq uyquda yotgan g‘arb bugun bizga qanday yashashni, qanday sevishni o‘rgatmoqchi bo‘layapti” deya kesatadi.

Valentin kuni 2012 yilda O‘zbekiston Ta'lim vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan man etilgandi.

Rassom Tuz Valentin bayramini toshbo‘ron qilish, o‘zbek jurnalistlari yilda bir marta bo‘ladigan nishonga urish musobaqasiga aylanganini hajv qiladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2017
Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va ...
19 dekabr 2016
Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida rus fotosuratchilarining «Rossiya turklar nigohida» ko‘rgazmasining ochilish marosimida va'z o‘qiyotgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov ...
7 sentyabr 2017
Avgust oyi O‘zbekiston telekanallari uchun har doim qaynoq bir davr bo‘lib kelgan. Qaynoqligi shundaki, mustaqillik bayrami arafasida hamdu sano ...
16 fevral 2017
13 yanvar kuni kechga yaqin Stokgolmning janubida 35 yoshlardagi chimkentlik Shuhrat ismli o‘zbek muxojiri janjal ortidan pichoqlab o‘ldirildi. Voqea ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...