yakshanba,
8 dekabr 2024
8 mart 2018
8 mart bayrami: Huquq o‘rniga faqat xushomad
1910 yili nemis kommunisti Klara Tsetkina 8 martni ayollar kuni sifatida nishonlashni taklif qildi.
Ya'ni bu kun ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikka e'tibor qaratishda vosita bo‘lishi lozim.
G‘arb mamlakatlaridagi ayollar bu an'anani davom ettirishadi. Ular shu kuni o‘z huquqlari, erkaklar bilan teng ish haqi berilishini talab qilib namoyishlarga chiqishadi.
O‘zbekistonda esa xotin-qizlar kuni – 8 martga mutlaqo boshqacha tus berilgan.
Bu kun ayollarga maqtov va xushomadlar bilan gul hadya qilinadi.
Rassom Tuz o‘zbek ayollari gul va hadyalarni qabul qilarkan, bu ajoyib bayramdan haqiqiy maqsad nima ekanligini unutmasliklari lozim, deya hisoblaydi.
Rassom Tuz
Eltuz.com