Catira
16 mart 2017

Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi

Bugun, 2017-yil 16-martda O‘zbekistonda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.

Mazkur Qonun muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2016 yilning 16 sentyabrida imzolangan va 6 oydan keyin kuchga kirishi kerak edi.

Davlat boshqaruv hokimiyatining eng katta qismi bo‘lgan Ichki ishlar organlari faoliyati mustaqillik e'lon qilingandan keyin qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan edi.

2015-yilning 7-dekabrida marhum prezident Islom Karimov ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni tilga olib, haligacha tegishli qonun qabul qilinmagani uchun tanbeh bergan edi.

Tashabbus tashkiloti huquqiy tahliliga ko‘ra, «Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga tegishli bo‘lgan uch asosiy muammo bu: (1) xodimlar tomonidan vakolat suiste'mol qilinishi; (2) xodimlar ustidan nazoratning sustligi va (3) xodimlarga qarshi ishonchning yo‘qligidir.

Rassom Tuz 25 yil davomida tarvaqaylab ketgan o‘zbek militsionerini qonun doirasiga kiritish qiyinligini hajv qildi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 oktyabr 2019
Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashmas hamda u yerdagi amaldagi hukumat va “Tolibon” radikal guruhi o‘rtasida mamlakatda tinchlikni ta'minlash masalasi hal ...
7 iyun 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
14 noyabr 2018
O‘zbek hukumati Rossiya bilan hamkorlikda o‘zining kosmik dasturini ishlab chiqqani haqida 12 noyabr kuni «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi. «O‘zbekistonga ...
18 dekabr 2018
O‘zini tarmoqda «tabibi mutlaq Hasan domla» deya tanitib,  minglab kasallarni faqat asal va pista bilan davolashga urinayotgan, o‘zida Iso ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...