Catira
11 iyul 2017

«Ura! Kollejlar yopiladi, 10-sinfga qaytamiz…»

Prezident Mirziyoevning maktablarni 11 yillik tizimga qaytarish, buning uchun kollejlarni yopish taklifi O‘zbekistondagi ko‘pchilik tomonidan olqishlanmoqda.

18 iyun kuni Xalq ta'limi vazirligi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ishonadigan bo‘lsak, 83 foiz 9-sinf bitiruvchilari va ota onalar bu taklifni qo‘llab quvvatlagan.

Maktab direktorlari ishtirokida 17 iyun kuni Toshkentda o‘tgan majlisda Bosh vazir Abdulla Aripov 2017 yildan boshlab Toshkentning har bir tumanida to‘rttadan 10 va 11 sinflar ochilishini aytdi.

11-yillik maktablarga o‘tish tarafdori bo‘lgan aksariyat ota-onalar kollejlardagi o‘qishning sifatsizligidan norozi ekanliklarini bildirishadi.

Biroq, yangi maktablar o‘qituvchilarning oyliklari va sharoitlarini saqlagan holda, ta'lim darajasini yaxshilashga yordam beradimi?

Bu haqda kun.uz nashrida maqola chop etgan Tursunali Akbarov, 11 yillik tizimga o‘tishda talay muammolar borligini aytadi.

Kvotalarning kamligi bois, har yili bor yo‘g‘i 10 % yoshlar Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi mumkin. Har yili maktabni bitiradigan 90 foiz yoshlar endi qaerga boradi? Kasb hunarsiz va oliy ma'lumotsiz kim ularni ishga oladi?

Londonda yashayotgan tahlilchi Alisher Ilhomov, bu – yurt iqtisodiyotini o‘rta darajali (oliy ta'lim olishlari shart bo‘lmagan) mutaxassislar bilan ta'minlash bo‘yicha Karimov rejalarining mutlaq barbod bo‘lganini anglatadi, deya hisoblaydi.

«Real iqtisodiyot talabi bo‘lmasa, bu mutaxassislarning nima keragi bor… O‘rta ta'lim tizimidan voz kechish qarori, chetdan qaraganda, iqtisodiyotning cho‘kib qolganidan dalolatdir.

G‘arbda va umuman ilgari Sovetlar davrida, unisi ham, bunisi ham – istasang maktabda o‘qishni davom ettirish va o‘rta maxsus ta'lim olish taklif etilgan. Ayni tizim – apprentice zamirida Germaniya iqtisodiyotidagi yutuqlar siri yashiringanki, bu tajribani boshqa davlatlar ham qo‘llamoqda.

Biroq faqat O‘zbekiston bundan mustasno“.

Rassom Tuz
Eltuz.com

  • P.S: Maqola e'lon qilingach, 10-11-sinflar ochilishi munosabati bilan Toshkentda 26 ta kasb hunar kollejlari va akademik litseylar yopilishi ma'lum bo‘ldi. Uznews.uz cayti poytaxtda yopilishi kerak bo‘lgan o‘quv muassasalari ro‘yhatini e'lon qildi.
Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2015
Bugun Ostersund tuman sudi Obid Nazarovga suiqasdda ayblangan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida ...
7 yanvar 2017
Ijtimoiy tarmoqda yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bola va uning sherigi kechirim so‘radi Bundan ilgari yangi yil kuni ...
17 noyabr 2020
Toshkentning shovqin-suronidan qishlog‘imning sokin va chang ko‘chalari tomon safarga otlandim. Yo‘llar o‘ydim-chuqur. Uzo-o-o-oq yo‘l yurakni ozdirib yuboradi. Kamiga yomg‘ir ...
20 oktyabr 2017
18 oktyabr kungi sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida prezident Mirziyoev tibbiyot xodimlarini tag‘in jiddiy tanqid qildi. President.uz saytiga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...