Catira
26 iyul 2017

Kelinlar qo‘zg‘oloniga qarshi – qaynonalar kengashi

O‘zbekistonning 8 mingdan ziyod mahallalarida «Qaynonalar kengashi» faoliyat boshladi. Xotin qizlar qo‘mitasining yangi qaroridan ayollar orasida taassuf bildiruvchilar ham ko‘paydi.

«Bu qaynonalar, qanday rakursda to‘g‘ri seks bilan shug‘ullanishni o‘rgatadimi? Menimcha bu guruhning katta bir intim muammolari bor», dedi bu xabarni feysbukdagi lentasiga qo‘ygan toshkentlik aktrisa Olesya Nedobegova.

«Endi institutma institut yurishadi. Shu xotinlar o‘z yig‘ilishlari bilan jonga tegishgandi» deya yozdi Madina To‘xtaboeva ismli yuzer.

«Qaynona! Bu diskriminatsiya…» degan fikrni yozdi Gavharshodbegim Ahmedova.

Kimdir, endi «qaynatalar kengashi»ni ham tuzish kerak deb mutoyiba qildi.

«O‘zimni kulgidan to‘xtata olmayman, yaqinda mahallalarda otishma boshlanadi. Bekor qurolga ruhsat berishdimi» dedi Karina ismli yana bir ayol.

Bu haqda xabar bergan O‘zA agentligi Xotin qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Marufova so‘zlarini iqtibos keltiradi:

«Oila tinchini buzadigan jiddiy ziddiyatlarni oldini olish va oila birligini saqlash – ko‘p jihatdan qaynonalar zimmasidadir»

Rasmiy xabarga ko‘ra, ushbu jamoatchilik tizilmasi, keksa ayollarning hayot tajribasini yoshlar orasida keng yoyish maqsadida tuzilgan.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 mart 2020
Rassom Kirpi Eltuz.com
31 mart 2016
Uning ilk bekati, O‘zbekiston poytaxti Toshkentda mamlakat prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Shtaynmayerning Toshkentga tashrifi bir qancha nemis OAV ...
18 yanvar 2022
Tarmoqda ikki toifa mullalar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqda. 1-toifa: Hukumat va DXX yo‘rig‘ida yurib chiziqdan chiqmaydigan «mo‘'tadillar» 2-toifa: IShID ...
8 fevral 2021
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi Bog‘ishamol qishlog‘iga hali-hamon XXI asr shabadasi yetib borganicha yo‘q. Elektr energiyasi, gaz bir yonib, bir ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...