Catira
17 oktyabr 2017

Prezidentning kuyovi Ramzanni qaynatasi bilan nega uchrashtirdi?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi.

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomovning aytishicha, Ramzan Qodirovning o‘zbek prezidenti qarshisida harbiy uniformada paydo bo‘lishi, uning Toshkentga qandaydir biznes emas, balki soldat sifatida kelganini anglatadi.

«Mirziyoev aftidan o‘zining havfsizligiga mas'ul xizmatlarga unchalik ham ishonmaydi. Ikkinchi vazifa – bu o‘zgacha fikrga, iqtidordagi rejimning mamlakat tashqarisida qolayotgan muxoliflari va tanqidchilariga qarshi kurash bo‘lishi mumkin» deya yozadi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida.

Karimov davrida O‘zbekistondan masofada tutilgan Qodirovning O‘zbekistonga safari davomida unga prezidentning kuyovi Oybek Tursunov muntazam hamrohlik qilgani kuzatildi.

Ramzan Qodirovning Toshkent safaridagi matbuot nazaridan chetda qolgan jihatlardan biri, Rossiya kriminal avtoritetlarining O‘zbekistondagi faoliyati uchun “ma'qul fazo yaratish” dedi «Eltuz» muxbiri bilan gaplashgan O‘zbekistondagi “jinoyat olami”ni ichdan biluvchi yana bir shaxs.

Uning iddao qilishicha, so‘nggi kunlarda Toshkentdagi mavjud kriminal “avtoritetlar” “neytralizovat” qilinib o‘rniga “ramzanparast” gruppa vakillari “tayinlangan”.

Abbos Xodjaev

14 sentyabr kuni Toshkent Ichki ishlar idorasi sayti kriminal avtoritet sanalgan Abbos Xodjaevning qo‘lga olingani haqida yozdi.

“Rossiyadagi Ramzanga sodiq «vor zakonlar» Xodjaevning o‘rniga o‘z odamini qo‘yishdi», dedi «Eltuz» nashri manbasi.

Uning aytishicha, “Toshkent shahrining «smotryashiysi» bo‘lgan Abbos Rossiya kriminal avtoritetlari nazoratida bo‘lishni rad qilgani uchun «neytralizovat qilingan».

Manbaning ta'kidicha, O‘zbekistonning Rossiya, hususan Chechen kriminal dunyosi nazoratiga o‘tishiga 16 sentyabrda Toshkentdagi «Brend» tungi klubida o‘tgan «sxodka» davomida qaror berilgan.

“Kremlga vafodor bo‘lmagan Abbos Xodjaevni” tutish amaliyotiga shaxsan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Tursunov rahbarlik qilgan.

Polkovnik Ulug‘bek Tursunov prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovning akasidir.

Mirziyoev havfsizlik masalasida o‘z maxsus xizmatlariga nega ishonmaydi?

Londonlik tahlilchi Alisher Ilhomovga ko‘ra, bu MXXning o‘z imidjini oqlashga intilishi bilan bog‘liqdir.

«Slujbistlar Karimovga qasamyod keltirishgan edi, biroq ular Mirziyovga qasamyod qilishni istashmayapti. Bu kontora karimov rejimi muxoliflarini bartaraf etish uchun ilgari ham kriminal-mafioza xizmatiga chopgan edi, biroq Shvetsiyadagi surishtiruvlar qaerdan «quloq» chiqayotganini namoyish etdi. Aftidan prezidentga endi uchinchi kuchlarning politsiyachilik vazifasini olib kirishga to‘g‘ri kelayapti» deydi tahlilchi.

Biroq, uning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, prezident «yollanma xizmatga choparkan», bundan ko‘p narsa yo‘qotishi mumkinligini hisobga olmayapti.

Agar Mirziyoeva tashqi kuchlar ko‘magida, mamlakat tashqarisidagi o‘z muxoliflari va tanqidchilariga qarshi kurashga bel bog‘lagan bo‘lsa, u xalqaro banditizmga sheriklikda ayblanishi mumkin.

«Bu yil u obro‘-e'tibor nuqtai nazaridan, xalqaro miqyosda qandaydir ochkolar oldi. Buning barini u bir soat ichida yo‘qotishi, Xalqaro sahnada Islom Karimov kabi yakkamoxovga aylanishi mumkin», deydi londonlik tahlilchi Alisher Ilhomov.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 dekabr 2017
24 dekabr – yakshanba kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylov xalqning bunday tadbirga umuman ishonchi ...
28 aprel 2021
«Abdulla G‘arip Prodakshn», rassom Elsevar, rassom Tuz va «Eltuz» yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi. ...
13 aprel 2024
O‘zbekistonning barcha avtoyo‘llari 42,869 kilometrni tashkil qiladi. Povorotlar ikki xil – o‘ngga va chapga. Shu yo‘lning har bir kilometrini ...
17 aprel 2018
Cinov tariqasida taqdim etilayotgan, 15 aprelda suratlari paydo bo‘lgan maktab formasi ijtimoiy tarmoqda bahslarni keltirib chiqarmoqda. «Sharq liboslari» dizaynerlik ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...