Catira
20 oktyabr 2017

Shavkat Mirziyoev do‘xtirlarga yana «qizil karta» ko‘rsatdi

18 oktyabr kungi sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida prezident Mirziyoev tibbiyot xodimlarini tag‘in jiddiy tanqid qildi.

President.uz saytiga ko‘ra, davlat maslahatchilari, Bosh vazir va tegishli vazirlik rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Mirziyoev shifokorlarni malakasizlik va mas'uliyatsizlikda ayblagan.

“Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining hududlarda yetarli darajada emasligi oldimizda turgan dolzarb muammolardan biri”, dedi prezident selektor yig‘ilishida.

Bu keyingi 10 oy ichida prezident tomonidan uchinchi bor yig‘ilish o‘tkazilib, tibbiyot xodimlarining tanqid qilinishidir.

«Eltuz» nashri ilgari yoritganidek, Shavkat Mirziyoev sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan shu yilning 5 yanvarida uchrashgan edi.

O‘shanda u virtual qabulxonaga tibbiyot sohasiga oid 7 mingta shikoyat kelib tushganini aytgandi.

7 fevral kuni esa u tug‘ruqxona xodimlarini eng katta poraxo‘rlar deya atagandi.

Tibbiyot muassasalaridagi muammolarga bag‘ishlangan bu yig‘ilishda prezident sog‘liqni saqlash vazirini ham, uning o‘rinbosarlarini ham rosa «po‘stagini qoqqan» edi.

Prezidentning tibbiyot xodimlarini tanqid qilganidan ruhlangan FB yuzerlari poraxo‘r doktorlarni otib tashlash kerak degan gaplarni yozishgacha borishdi.

Rassom Tuz, bu safar prezident tomonidan har safar dakki berilayotgan shifokorlar yonini oladi.

«Nimaga prezident hamma illatlarning eng kattasini qilayotgan, siyosiy mahkumlarga solayotgan qiynoqlari, xususiy biznes kapitalini tortib olishi bilan dunyoga tanilgan MXX idorasidagilarni tanqid qilmaydi?» deydi u.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 oktyabr 2016
Yaqinda hammasi zo‘r bo‘ladi! Sizga rahmat, Shavkat aka! O‘zbek internet segmentida kelgusidagi ijobiy o‘zgarishlar va ularga yangi hukumat erishishi ...
17 mart 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
23 mart 2021
Turkmaniston hukumati karantin qoidalari sabab o‘z talabalarini mamlakat hududiga kiritmayapti. Talabalar chegara punktida qolib ketgan va bir necha kundirki, ...
20 mart 2020
18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...