Catira
27 dekabr 2017

Mirziyoev yirik kalamushlar qolib mitti sichqonlar bilan jang qilmoqda

Prezident Mirziyoevning Oliy Majlisdagi tanqididan so‘ng Moliya vazirligidagi 500 dan ziyod xodim bo‘shatildi.

«Moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan “kalamushlar”ni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat'iy topshiriqlar berilgan», deya bildirdi 27 dekabr kuni O‘zA.

Biroq Mirziyoev haqiqiy yirik kalamushlarni hamon ko‘rmaslikka olmoqda. Masalan, MXX raisi Rustam Inoyatov va uning oilasi ayni shunday «kalamushlar» toifasidan ekani yaqinda oshkor bo‘ldi.

18 dekabr kuni Open Source Investigations (OSI) surishtiruv guruhi Inoyatov oilasining butun dunyo bo‘ylab mulk va shirkatlarga egalik qilayotgani haqida dalillar borligini yozdi.

Surishtiruv guruhi Venadagi Inoyatovlarga tegishli 2,5 million yevro turadigan qasr haqida yozdi. Lekin OSI bu hali xamir uchidan patir ekanini bildirmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 oktyabr 2020
6 oktyabr tongida Qirg‘izistondagi parlament saylovi natijalaridan norozi qo‘zg‘olonchilar davlat hokimiyati boshqaruv markazi bo‘lgan Oq uyni egallashdi. Ijtimoiy mediada ...
18 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova mustaqil jurnalist, Eltuz.com Jizzaxlik qonun idoralari xodimlari, xususan «Do‘stlik» tuman IIB katta tergovchi Orif Anorboev O‘ktam Pardaevga ...
11 aprel 2023
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir qo‘shiqdir. Aytilishicha, bu qo‘shiq ...
24 sentyabr 2018
So‘nggi kunlarda O‘zbekistondagi paxta yig‘im-terim mavsumiga oid turli OAVlarda e'lon qilinayotgan xabarlar mamlakatda majburiy mehnat alomatlari kuchayib borayotganidan darak ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...