Catira
5 yanvar 2018

Prezident aytgani bilan MXX o‘z bilganini qiladi

Horijdagi o‘zbek migrantlari va faollari prezident chaqiriqlaridan ruhlanib, vatanga qaytishni o‘ylashmoqda, O‘zbekistondagi real vaziyat esa boshqacha.

“Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e'tibor qaratamiz.” dedi jumladan Shavkat Mirziyoev 31 dekabr kungi yangi yil tabrigida.

30 dekabr kuni esa huquq himoyachisi Surat Ikromov prezidentga, muxolifat lideri Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rab murojaat qildi.

Voqealar rivoji esa, muxolifat lideri Muhammad Solih shaxsiga hukumatning munosabati o‘zgarishsiz qolayotgani, uning izdoshlariga bosimlar ortayotganini ko‘rsatmoqda.

29 dekabr kuni Usmon Haqnazarov nomi ostida O‘HX saytida faoliyat olib borganlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev tergovi himoyachi advokatlarsiz yakunlandi.

4 yanvar kuni e'lon qilgan videomurojaatida Abdullaevning onasi Gavhar Madaminova sentyabr oyidan buyon MXX xodimlari uning yoniga advokat kiritilishiga to‘sqinlik qilib kelishgani haqida gapiradi.

Madaminovaning so‘zlariga ko‘ra, mahkum jurnalistni himoya qilmoqchi bo‘lgan taniqli advokat Sergey Mayorovni ham MXX xodimlari shu tahlit mahkum jurnalist himoyasidan chetlatishgan.

27 sentyabr kuni, jurnalist hibsga olingan kuni, Prezident so‘zlaridan ruhlanib, Toshkentga qaytgan yozuvchi Nurilla Otaxonov ham aeroportda ushlangan va u 159-modda, konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda ayblangandi.

“Mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan barcha chet eldagi yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga taklif etaman, dedi davlatimiz rahbari. Men ularni qo‘llab-quvvatlashga va har tomonlama rag‘batlantirishga tayyorman” degan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan yilning 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashganida» deya eslaydi bu gaplarni yozuvchi.

Kitobi sabab hibsga olingan Nurilla Otaxonov jamoatchilik bosimi natijasida uyiga qo‘yib yuborildi, biroq tergov xaligacha yopilgani yo‘q. Prezident Chiqishlari atrofidagi eyforiya esa davom etmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 oktyabr 2023
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik imperiya – Buyuk Britaniya, ...
25 oktyabr 2015
Bu yil mahkum do‘stimiz Solijon Abdurahmonov 65 yoshda. 10 oktyabr kuni esa uning turmaga tashlanganiga sakkiz yil bo‘ldi. 2008 ...
21 mart 2018
O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning tovuqlarni nega sevishi 20 mart kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumaniga borganida aniq bo‘ldi. Prezident matbuot xizmati ...
17 aprel 2018
Farg‘ona viloyatidan olgan ma'lumotlari asosida 17 aprel kuni «Xabar.uz» sayti tomlarning shiferlarini jigarrangga bo‘yayotgan o‘qituvchilar suratini e'lon qildi. Saytning ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...