Catira
29 yanvar 2018

Mirziyoev o‘zbek militsiyasini tuzata oladimi?

Prezident Mirziyoev qarori bilan militsiya organlarida shaffoflikni ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

Prezidentning qaroriga ko‘ra, joriy yil 1 maydan boshlab IIV tizimida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini «telefon orqali qabul qilish» markazi ishga tushirilishi kerak.

Shuningdek, hujjatda ta'kidlanganidek, butun mamlakat bo‘ylab Ichki ishlar idoralarida tergov jarayonlari audio va videotizimlar bilan jihozlangan maxsus xonalarda amalga oshirilishi lozim.

Bundan tashqari, tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida videoanjuman ko‘rinishidagi aloqa tizimi joriy etiladi.

O‘tgan yili militsiyani tanqid qilgan prezident 4518 nafar xodim ishdan bo‘shatilgani, ular aksariyat poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste'mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etganini bildirgan edi.

«Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?» — degan edi Mirziyoev.

Rassom Dumham o‘zbek militsionerini jinoyatni ko‘rib ko‘rmaslikkka oladigan hodim sifatida tasvirladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 avgust 2023
14 avgust kuni Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo‘r.TV jurnalistlari Nurzodbek Vohidov va Sardorbek Yo‘ldoshevlarni kaltaklagan qurilish boshqaruvchisiga chora ko‘rildi. ...
7 noyabr 2018
Qo‘shko‘pir tumani hokimligidagi tungi majlisni yoritmoqchi bo‘lgani uchun yetti sutkaga qamalib, 5 noyabr kuni ozodlikka chiqqan urganchlik 47 yashar ...
8 iyul 2019
Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonning o‘lgan prezidenti Islom Karimovning Samarqanddagi mozoriga qo‘yilgan lavhadagi yozuvlar bahslarga sabab bo‘ldi. Kimdir uning o‘lganidan keyin ...
8 aprel 2019
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining yopiq majlisida o‘tgan asrning 90-yillarda Shuhrat Dombrabadskiy nomi bilan tanilgan 62 yashar avtoritet ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...