Catira
23 avgust 2018

Bepushtlarga «dam solish» yoki oddiy seks

Internetda yosh ayol bilan jinsiy aloqa ustida tasviri olingan  xorazmlik 61 yoshli A.O. ismli shaxs videosi tarqaldi.

Voqeadan xabardor shaxsning «Eltuz»ga bildirishicha, video MXX xodimlari tomonidan 2017 yili olingan.

Unda «axloq posbonlari»ning ayol bilan yotgan erkak ustiga qo‘qqisdan bostirib kirib, so‘roqqa tutishlari aks etgan.

Erkakning ayol bilan intim aloqasi o‘z yo‘liga, bu ularning shaxsiy huquqiga oid masala.

Voqeaning qiziq tomoni, «Eltuz» suhbatdoshiga ko‘ra, bu erkak tug‘mas ayollarga dam solish, «ota-bobolari»dan qolgan kitoblari yordamida «ginekologik muolaja» bilan shug‘ullanib kelgan.

«Men xotinimga emas, o‘zimga dam soldirgani bordim. Shundan so‘ng o‘g‘il ko‘rdim», deydi uzoq vaqt farzand ko‘rmagan ota.

Uning «Eltuz»ga aytishicha, erkak davo istab kelgan ayollarning ich kiyimlarini dam solish uchun olib qolar ekan.

«Torda bu ishtonlar osig‘liq turarkan. Mulla ayolga «Ishtonni tushir!» derkan, agar ayolning jahli chiqsa, erkak torda turgan ishtonga ishora qilganini aytib qutular ekan», deydi «Eltuz» suhbatdoshi.

Tug‘mas ayollarga «dam soluvchi» mutaxassislar

O‘zbekistonda imomlarning dinni pesh qilib, «kuf-suf» biznesini rivojlantirishayotgani birgina Xorazmda kuzatilayotgani yo‘q.

O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi raisi Muhammadjon Hamroevga ko‘ra, birgina Toshkent shahrida 800 nafardan ziyod firibgar folbin va soxta tabib bor.

2016 yili Shahrisabzda folbinlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Sanaev Miraziz Ahad o‘g‘li va uning sheriklarini firibgarlikda ayblanib javobgarlikka tortilgan edi.

«Eltuz» nashriga ma'lum bo‘lishicha, Toshkentning Dendropark dahasidagi “mozorchi folbin” ginekologiya va ayollar bepushtligi bilan bog‘liq kasalliklarni ham “davolashi” bilan nom chiqargan.

O‘tgan yili esa Toshkentdagi Oltinxon to‘ra masjidi imomi va muazzini o‘rtasidagi mojarolar elga ovoza bo‘lgan edi.

Masjid qorovuliga ko‘ra, ayni masjid imomi Alimardon Ernazarov o‘z huzuriga najot istab kelgan bepusht ayollarga “dam solish” bahonasida tegajog‘liq qilgan.

2017 yilning boshida masjiddagi seks janjali ortidan Oltinxonto‘ra masjidi imom-xatibi Alimardon Ernazarov ishdan bo‘shatilgani haqida «Eltuz» yozgan edi.

Folbinlik, dam solish kabi «diniy xizmat» evaziga kun ko‘rish, professional tibbiyot tanazzuli fonida gurkirab rivojlanmoqda, deydi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan farg‘onalik vrach.

Unga ko‘ra, ba'zan kasbiy malakasi yetarli bo‘lmagan doktorlarning o‘zlari bemorlarni azayimxonlarga yo‘llashmoqda.

«Eltuz» uchun rasmlar chizayotgan rassom Tuz o‘zbek matbuotidagi shu kemtikni to‘ldirib, dam solish bahonasida ayollarga tegajog‘lik qilayotgan azayimxonni tasvirlagan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2018
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil ...
11 sentyabr 2018
Rassom KirpiEltuz.com
18 noyabr 2015
Bugun Toshkentda Oliy majlis va Oqsaroy binosiga IShIDning qora bayrog‘i osib ketilgani habari tarqaldi. Bundan oldin Toshkentda IShIDga a'zolik ...
18 oktyabr 2017
Bu yil terimga O‘qituvchi va shifokorlar poezdlarda safarbar qilinmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan minglab terimchilar mingan poezdlar Qoraqalpog‘iston va ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...