Catira
24 avgust 2018

Pichoqbozliklarga boy hafta

O‘zbekistonda shu hafta eng ko‘p pichoqbozlik Qurbon hayiti kuniga to‘g‘ri keldi. 

Shu kuni, 21 avgustda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bir necha pichoq zarbasidan so‘ng ayol voqea joyida jon berdi. Fojea aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Ayni shu kuni kechki vaqtlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi Q.K. ham mast holda jiyani Sh.Q.ni pichoq bilan jarohatladi. Tog‘a hibsga olindi, jiyan kasalxonaga yotqizildi.

Tag‘in shu kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi Z.R. ismli ayol milliy taomlar kafesida tanishi Sh.S.ga pichoq urdi. Ayol qamoqqa olindi, dugona kasalxonaga yotqizildi.

22 avgust kuni Bo‘stonliq tumanidagi R.T. mast holatda o‘z xamshishasi A.F.ga pichoq urdi. A.F. kasalxonaga yotqizildi, R.T. ushlandi.

Shu kuni kechasi Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi S.B. ham uyi oldida qishloqdoshi T.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Qishloqdosh kasalxonaga yotqizilib, pichoqboz qo‘lga olindi. Yuqoridagi hodisalar haqida IIV.UZ nashri xabar berdi

23 avgust kuni farg‘onalik 26 yoshli yigit singlisiga shilqimlik qilgan 40 yashar qo‘shnisini oshxona pichog‘i bilan chavaqladi. Qo‘shni o‘ldi. Yigit 10 yilga qamaldi. Bu haqda «Huquq» gazetasi viloyat prokuraturasidan iqtibos keltirib yozdi.

O‘tgan haftada yuz bergan pichoqbozliklar xronikasi rassom Tuz suratiga mavzu bo‘ldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2018
Davlat soliq qo‘mitasi rahbari 71 yoshli Botir Parpiev 11 may kuni raislikdan bo‘shatildi. Bu haqda bildirgan O‘zA axborot agentligining ...
30 aprel 2019
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining manzil koloniyasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor ...
22 may 2016
O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Turkmanfilm ...
30 mart 2019
Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, “O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...