Catira
13 sentyabr 2018

O‘qituvchi va tibbiyot xodimlaridan tashqari hamma paxtaga chiqadi

Andijon viloyatida ommaviy paxta yig‘im terimi hali boshlanmagan bo‘lsa-da, 10 sentyabr kuni byudjet ishchi-xizmatchilarining dastlabki guruhi 10 kunlik yotoqqa paxta dalalariga jo‘natildi.

Ammo oldingi yillardagidan farqli o‘laroq, o‘qituvchi va shifokorlarni paxtaga chiqarish haqida hozircha aytilmayapti.

Paxta terimi oldidan Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda joriy yilda 18 yoshga to‘lmagan yoshlar, umumta'lim maktablari yoki boshqa ta'lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari, tibbiyot xodimlarini paxta yig‘im-terimiga jalb etilmaslik aytib o‘tilgandi.

Andijon viloyati hokimligida ishlovchi manbaning aytishicha, bu mavsumda o‘qituvchi va tibbiyot xodimlaridan tashqari barcha korxona-tashkilot ishchi-xodimlari paxta terimiga jalb etiladi.

Ayniqsa, mahalla fuqarolar yig‘inlari, Yoshlar ittifoqiga katta mas'uliyat yuklatiladi.

Hozircha maorif sohasidan bironta ham ishchi-xodim paxtaga chiqishi haqida gap-so‘z bo‘layotgani yo‘q. Ammo ko‘pchilik mavsum o‘rtalariga kelib, baribir “ixtiyoriy tashabbus” niqobi ostida paxtaga olib chiqilishlari mumkinligidan xavotirga tushmoqda.

Xamma paxtaga!

MFY raislari va kotiblari, mutaxassis va mahalla otinoyilari mahallalarda uyma-uy yurib, paxtaga yaxshi haq to‘lanishini aytib, fuqarolarni paxta terimiga chiqishga chaqirmoqda.

Ommaviy axborot vositalarida paxta terimi ixtiyoriy ekanligi, majburiy mehnat alomatlari kuzatilsa, ishonch telefonlariga telefon qilish mumkinligi aytilyapti. Ammo korxona-tashkilotlarda ishchi-xodimlardan borish-bormasligi so‘rab o‘tirilayotgani yo‘q. Navbati bilan paxtaga boradiganlar ro‘yxati tuzib bo‘lingan.

Paxtaga ommaviy safarbarlik 15 sentyabrdan boshlanishi aytilyapti. Savdogarlar, tadbirkorlar, bozorlarda savdo-sotiq qiluvchi dehqonu baqqollar ma'muriyat tomonidan paxta yig‘im-terimiga hissa qo‘shishlari kerakligi aytilib, tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirilyapti.

Terimchilarga to‘lanadigan haqlarning oshirilganiga qaramay, na mahalliy hukumat, na boshqalarning bu yilgi mavsumda paxta terimiga ko‘ngilli ravishda chiquvchilarni topishga ishonchi bo‘lmayapti.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
21 yanvar 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Sovuqlarda dirdirayotgan toshkentliklar, siz bilan hamdardman. MS: ...
6 fevral 2020
Markaziy Osiyo davlatlariga past nazar bilan qarashini yashirmaydigan Rossiya liberal demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinovskiy o‘zining telegram kanali orqali ...
18 may 2021
Samarqandda «Damas» avtomobili haydovchisi IIB xodimining o‘tish yo‘lini to‘sib to‘xtagan, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan mashinasiga signal bergani uchun ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...