Catira
4 sentyabr 2019

«Telefondayam odam ishlaydimi?»

Zamonning tez o‘zgarishini qarang.

Bir necha yil oldin katta avlod hali kompyuter ishlatishni bilmasdi, biz esa o‘zimizcha zamonaviy yoshlar sifatida kompyuter o‘rganib, noutbuklar ko‘tarib yurardik.

Bugun bir yoshroq hamkasb telefonda ishlayman deganiga o‘zim tengi jo‘ralar bilan ancha o‘ylanib o‘tirdik, qanday qilib telefonda ishlarkin, qanday qilib shuncha matnni yozarkin, faloncha ishni qilarkin, noqulay emasmi deb. U esa, aksincha, telefon juda qulayligini uqtiryapti. Avlodlar mana shunday almashib, texnologiyalar o‘zgarib boraveradi, ba'zan avlodlar orasida kichik tushunmovchiliklar kelib chiqishi muqarrar – ular kattarib ketmasa bo‘ldi.

Eh, hozirgi yoshlar juda-a aynib ketdi-da, telefondayam ishlaydimi, desam-a.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
18 dekabr 2018
O‘zini tarmoqda «tabibi mutlaq Hasan domla» deya tanitib,  minglab kasallarni faqat asal va pista bilan davolashga urinayotgan, o‘zida Iso ...
21 may 2018
Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o‘tgan yig‘ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko‘tarishga va'da berdi. «Hozir qo‘l ...
29 oktyabr 2015
Amerika – “Sehrli diyor”da yashash ishtiyoqida bo‘lgan o‘zbekistonliklar bir oy mabaynida o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ...
20 iyul 2016
O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilovning o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani ayta turib, Toshkentga viloyatdan kelayotganlarni uyat gap bilan so‘kkanini ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...