Prezident kuyoviga odamlarni jazolash vakolati berilganmi?
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda paxta dalasida bir yigitning bir ayol bilan og‘zaki janjali aks etadi.
Janjal davomida yigit ayolga “Chmo bo‘lganingdan keyin paxta terasan-da”, deya dashnom qiladi.
Oradan bir necha soat o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov o‘zining instagramida fermerni topgani va jazolaganini shaxsan tarmoq orqali ma'lum qiladi.
«Yaramas jazosiz qolmaydi! Bu masala bilan shaxsan shug‘ullanaman!» deb yozdi Otabek Umarov va ketidan o‘zining ruscha bilishini pisanda qilish uchun mana bu gapni qo‘shdi: «Negodyay obyazatelno budet nakazan! Voprosom zaymus lichno!»
Ba'zi manbalarga ko‘ra, prezident kuyovi fermerni kaltaklagan.
Prezidentning kuyovi amalga oshirgan ish “samosud” deyiladi va O‘zbekiston qonunlarida javobgarlik belgilangan. ⠀
Beodob fermerlarni jazolash O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi vakolatlari doirasiga kirmaydi.
Odamlarning qilmishlari uchun jazo belgilash sud vakolati doirasidagi ish.
Rassom Kirpi prezidentning kuyovi, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarovning qilmishini “tosh davri”dagi yarim yovvoyilar ritualiga o‘xshatdi.
“Ey, kuyov! Sen Ramzanga taqlid qilib, mamlakatni klounadaga aylantirma. Huquq va sud tizimining o‘rnini bosish vakolati senga ham, qayin otangga ham berilmagan”.
Rassom Kirpi
Eltuz.com