Catira
14 yanvar 2020

EOIIga qo‘shilish – mamlakat mustaqilligiga xiyonat

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 15-16 yanvar kunlari Toshkentga tashrifi arafasida mediatarmoqda O‘zbekistonning YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi)ga qo‘shilishi masalasidagi bahslar avj oldi.

O‘tgan saylov arafasida, xususan, 18 dekabr kuni xorijlik diplomatlar bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistondagi to‘rtta siyosiy partiya – O‘zLiDeP, «Adolat», XDP hamda Ekologik partiya vakillari YeOIIga kirish tarafdori ekanliklarini tasdiqlagan edilar.

“Bir asr avval mahalliy boylar Toshkent darvozasini «Orenburg bilan savdo osonlashadi», deb ochib bergan edi. Siyosiy tashkilot bo‘lmish YeOIIga kirishni iqtisod bilan oqlab berayotganlar originalroq bahona topsa bo‘lar edi”, deya izoh yozdi bunga javoban taniqli bloger va jurnalist Sardor Salim feysbuk sahifasida.

Boshqa bir bloger Bahrom Rahmon esa kutilayotgan xatarni 2015 yili YeOIIga qo‘shilgan qo‘shni Qirg‘iziston va Belarus misolida ko‘rsatadi.

“Men oldingi maqolalarimda mazkur uyushma Qirg‘izistonga bergan va'dalarini bajarmagani, Qirg‘iziston mahsulotlari qozoq chegarasidan o‘ta olmay qaytarilayotgani oddiy holga aylangani, qirg‘izistonlik migrantlarga patent bekor qilingan bo‘lsa-da, ularning pul jo‘natmalarida 5 yil ichida ijobiy o‘zgarish bo‘lmagani haqida yozgan edim. Tekin pishloq faqatgina qopqonda bo‘ladi. Rossiyaning eng yaqin qo‘shnisi bo‘lmish Belarus ham bu uyushmaga a'zo bo‘lishiga qaramay, Rossiya 2020 yil 1 yanvardan boshlab Belarusga arzon narxda neft yetkazib berishni to‘xtatdi».

Siyosiy tahlilchi Alisher Ilhomov ham feysbuk sahifasida YeOIIning bir qopqon ekani haqida yozdi.

“O‘zbek va boshqa «iston»larni qopqonga imlashyapti. Ikki vatandoshlik g‘oyasi mamlakat suverenitetiga tahdid solmaydigan mamlakatlar o‘rtasidagina yaxshi bo‘lishi mumkin. Bizning holatimizda esa RF bilan kelajakda qanday ziddiyatlar chiqishini tasavvur qilish qiyin emas”, deya yozdi Alisher Ilhomov.

Sobiq diplomat Qodir Yusupovning 9 yanvar kuni chet el josusligida ayblanib 5 yarim yilga qamalishi yuzasidan yozgan izohida esa Alisher Ilhomov aslida YeOIIga qo‘shilish g‘oyasi vatan manfaatlariga ko‘proq xiyonat ekanini urg‘uladi.

“Ayni paytda, AES qurish shartnomasini imzolash, shuningdek, mamlakatni YeOIIga tortish orqali RF harbiy aviatsiyasiga havo yo‘llarini ochib berish bilan mamlakat manfaatlariga xiyonat qilayotgan shaxslar emin-erkin yurishibdi”, deya izoh yozdi Alisher Ilhomov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida 25 sentyabrga rejalangan Rauf Parfining 75 yilligi tadbirining taqiqlanishi ortidan feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ...
25 fevral 2023
It quvgan gadoyday kunlar zuv zuv o‘tib yana qarshingizdaman aziz o‘quvchim. Yana 10 kun chidasangizlar ko‘klam keladi. Sizlarga «Ma'naviyat  engilmas ...
19 noyabr 2019
«Toshkent savdo markazi»ga  (sobiq «Abu Saxiy» MChJ) qarashli bozordagi do‘konlari buzilishidan norozi bo‘lgan 700 dan ortiq fuqaro 16 noyabr ...
9 may 2016
Eltuz.com manbasining aytishicha, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...