Catira
12 fevral 2020

Yaxshiyam Saida teatrni sevarkan. Sevmasa nima bo‘lardi?

Gapning qisqasi, «Ilhom» teatrini o‘z o‘rnida qoldirishga erishildi. Ammo Toshkentdagi «Ilhom» teatri atrofida gap chuvalashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Ilhom» teatr borligini, teatr binosi qaerda joylashganini biladiganlar ham, bilmaydiganlar ham birday ayyuhannos solishdi.

«Ilhom» teatri joylashgan «Ofelos plaza» MChJga tegishli bino Mirziyoevlar oilasiga, aniqrog‘i, kuyoviga tegishli ekaniga oid xabarlar ham yangradi.

Mulk shubhali podpolkovniklar orqali Mirziyoev oilasiga quda bo‘lgan polkovniklarniki, degan gaplar ham chiqdi.

Bunday xabarlar ortidan o‘z binosidan «Ilhom» teatrini haydab chiqarish tadorigini ko‘rgan mulk egasi bo‘lmish «Ofelos plaza» MChJ rahbariyatining qulog‘ini tortib qo‘yadiganlar topildi.

Bu ishga dastlab prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva aralashdi. U boshpanasiz qolishi mumkin bo‘lgan «Ilhom» teatrini himoya qilishini bildirdi.

«Ilhom» teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men o‘zim teatr san'ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! «Ilhom» – madaniy hayotimizning faxri!» deb yozdi S.Mirziyoeva tarmoqdagi sahifasida.

Qarang, “Men o‘zim teatr san'ati muxlisiman”, dedi. Mabodo muxlisi bo‘lmasa, teatr ko‘chaga quvilarmidi?

Saida Mirziyoevadan chiqqan sadodan unumli foydalangan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 11 fevral kuni teatrga borib, bino direktori bilan uchrashgani va «teatrni o‘z o‘rnida saqlab qolish»ga erishganini bildirdi.

Xullas, «Ilhom» teatri joyida qoladigan bo‘ldi.

Katta ehtimol bilan tarmoqda «Ilhom» teatridan qo‘lingni tort, kuyov!» degan sadolar yangramaganida, Saida Mirziyoeva teatr san'ati muxlisi bo‘lmaganda, «Ilhom» teatri jamoasi ko‘chada qolishi ham mumkin edi!

Holbuki, bugun nafaqat «Ilhom» teatrining, balki Ӯzbekistondagi barcha teatrlarning ahvoli maqtagulik emas. Ko‘p teatrlar qator-qator muammolar iskanjasida qolmoqda. Ma'naviyatimiz, madaniyatimiz, san'atimiz, teatrimiz rivojlanayotgani haqida jar solayotgan hukumatning esa mazkur sohaga e'tibori past.

Ismi-sharifi sir qolishi sharti bilan bizga bugungi teatrlar ahvoli haqida ma'lumot bergan soha mutaxassisining aytishicha, mamlakatimizda teatrlarga munosabat o‘zgarishi uchun hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Ko‘p gaplar qog‘ozda qolib ketyapti. Yoshlar uchun hech qanday sharoitlar yӯq.

Yangi spektakllarni sahnalashtirishga Madaniyat vazirligining Teatrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Muqaddas degan ayol yo‘l bermaydi. Asosiysi, spektakllar uchun kiyim masalasi jiddiy muammo. Tomoshabinlarni jalb qilish qiyinligi haqida gapirmasak ham bӯladi.

Eltuz muxbiri

Tag‘in o‘qing
3 yanvar 2018
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda. Kimdir bunda Amerikaning qo‘li ...
15 fevral 2017
Karabuk shahrida O‘zbekiston vatandoshi 39 yashar Jamshid Raimov, pichoq bilan qurollangan uch kishi tarafidan kaltaklanib, 1000 dollar pulini oldirdi. ...
1 fevral 2016
O‘tgan hafta O‘zbekistondagi vaqtli nashrlarning sarlavhalariga boshqa davlatlarga namuna bo‘lishi kerak bo‘lgan «o‘zbek modeli» tashviqotidan tashqari turli real haqiqatga ...
10 iyun 2020
Bundan roppa-rosa o‘n yil avval O‘sh va Jalolobodda o‘zbek va qirg‘izlar orasida qonli to‘qnashuvlar boshlangan edi. Men o‘sha kunni ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...