Catira
26 may 2020

Mirziyoev oddiy ayolni doktorga aylantiradigan alkimyogar

Dissertatsiya qo‘lyozmasi toshqinda yaroqsiz holga kelganini iddao qilgan 28 yashar sirdaryolik Kamola Abrorxonovaga prezident topshirig‘i bilan doktorlik darajasi berildi.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, 15 may kuni mirzaobodliklar bilan uchrashuvidan keyin prezident Mirziyoev istisno tariqasida ayolga doktorlik darajasini berishni buyurgan.

Shundan keyin Abrorxonova Guliston shahrida tashkil etilgan tantanali tadbirda doktorlik ilmiy daraja diplomini Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmedbek Yusupovdan qabul qilib olgan.

«Shvetsiya qiroli falonchiga Nobel mukofoti ber, deb amr qila oladimi?

Ëki AQSh prezidenti kinoakademiyaga telefon qilib, pistiyonchiga Oskar ber, deb ayta oladimi? Germaniya kantsleri Merkel Fanlar akademiyasi rahbarini yoniga chaqirib, mana shu olimga doktorlik unvoni ber, deya oladimi?

Yo‘q, albatta. Agar shunday bo‘lsa, osmon uzilib yerga tushgan bo‘lardi.

Italiyada diktator bo‘lgan Mussolinining ham jur'ati etmagan bunga.

Masalan, bitta olim borib: “Mussolini tog‘a, doktorlik ishimni echki yeb qo‘ydi, shu palakatni hisobga olib ilmiy unvon bering” desa, Mussolini bu betamiz olimga “qayta yoz!” derdi.

Ammo O‘zbekiston prezidenti ilmiy yozmalari toshqinda yaroqsiz holga kelgan sirdaryolik xotinga doktorlik darajasi ber, deb Fanlar akademiyasiga buyurdi.

Fanlar akademiyasidagi qullar esa o‘z xo‘jayini amrini shessekundda bajo keltirdi. Bonusiga professor degan unvonni ham qo‘shib berishsa kerak.

21-asrda o‘zbek olimining g‘oz pati yoki qamish qalam bilan ilmiy ish yozishining o‘zi mo‘'jiza. Men bilgan G‘arb olimlari o‘z ilmiy ishini kompyuterda yozadi. Kompyuterni qo‘chqor suzsa, qo‘tos ezg‘ilasa yoki hojatxonaga tushib ketsa, fayllar bulutlarda saqlanadi», dedi bu haqda «Eltuz» kanalidagi ma'ruzasida rassom Tuz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 dekabr 2020
Xalq hukumatning isitish mavsumiga shu qadar sust tayyorgarlik ko‘rganidan g‘azabda. Rasmiylar esa bunga javoban vaziyat haqida xabar berishga urinayotganlarni ...
18 dekabr 2017
«Paxtaga borasan, deyishdi. Agar bormasang, arizangni yoz yoki o‘rningga odam jo‘nat, deyishdi. O‘zimizning ishimiz qolib, bir oydan ko‘p paxta ...
24 oktyabr 2022
Olmaotadagi tumanlararo tergov sudi 7 oktyabr kuni O‘zbekistonda separatizmda gumonlangan qoraqalpog‘istonlik Ziuar Mirmanbetovani hibsga olish haqida qaror chiqardi.Bundan oldin ...
23 mart 2016
“Xalq so‘zi” gazetasi “Jahon” axborot agentligiga asoslanib O‘zbekiston prezidentining 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan mashvaratdagi ma'ruzasi Buyuk Britaniya ekspertlar hamjamiyatida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...