Catira
17 avgust 2020

Rossiya va Belarus harbiylari O‘zbekistonga keldi

Rossiya va Belarus harbiy jamoalari “ArMI-2020” xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” musobaqalarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, harbiylar 17 avgust kuni Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurib, u yerda “O‘zbekistonning bugungi taraqqiyotidagi o‘ziga xosliklar” mavzuida lektsiyani tinglashgan .

Farg‘ona davlat universiteti tarix kafedrasi o‘qituvchisi Anvar Po‘latov Rossiya va Belarus harbiy mutaxassislariga respublikadagi an'analar, fuqarolarining chet elliklarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapirgan. Anvar Po‘latov «aholining rus tilini bilishi va postsovet hududiga do‘stona munosabatda» ekanini alohida ta'kidlagan.

“Yo‘l patruli” musobaqasida Rossiya, Belarus hamda O‘zbekistonning harbiy avtoinspektsiya va harbiy politsiya vakillari ishtirok etadi. Musobaqalarning bu bosqichi O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. 

VI xalqaro armiya o‘yinlari 2020 yilning 23 avgustidan 5 sentyabriga qadar davom etadi. Musobaqalar 11 ta davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya va O‘zbekiston hududida o‘tkaziladi.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, musobaqada ishtirok etish uchun dunyoning 90 mamlakatiga, jumladan, NATOga a'zo davlatlarga taklifnoma jo‘natilgan, biroq NATO davlatlari  harbiylarining o‘yinlarda  ishtiroki “kutilayotgani yo‘q”.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2023
G‘ijduvonda 25 nafar yosh bolalarni avtomobiliga mindirib harakatlangan haydovchining qoidabuzarligi mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.  Qadrli muhlislar bugun ...
18 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 36-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) L.A.N Meni yengolmadi ...
3 sentyabr 2016
O‘zbekiston musulmonlar idorasi toshirig‘i bilan respublikaning barcha masjidlarida Toshkent vaqti bilan 13 dan 20 daqiqa o‘tganida Islom Karimovning janozasi ...
18 dekabr 2022
Avtobus ketib bormoqda. Birdan avtobus ichida chiroq o‘chadi. G‘ala g‘ovur. Voy svet o‘chdi. Batareya ham muzday. Qalbimiz bo‘ldi kuzday.
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...