O‘zbekiston musulmonlar idorasi internetdagi habar yomg‘irini to‘smoqchi
24 fevral kuni Namanganda “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Xayrulla Turmatov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi Ilhom Ma'rupov, Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunov, Hidoya o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchi va talabalari hamda ishtirok etishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi tarqatgan habarga ko‘ra¸ o‘zbek imomlari “milliy qadriyatga zid “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida turli yot mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda” Tadbir davomida G‘arb va AQShga la'nat o‘qilib, ular tomonidan yoshlarni manqurtlashtirish maqsadida behayolik, zo‘ravonlik, beparvolik, dangasalik kabi ko‘plab salbiy xislatlarni o‘z ichiga qamrab olgan o‘yinlar ishlab chiqarilayotgani va ularning zararlari haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.
Rassom Tuz
Eltuz.com