Catira
9 mart 2016

Toshkentlik taksichi mijoz qizni tishlab oldi

Oq «Matiz» mingan 50 yoshli toshkentlik kirakashning Milana ismli o‘z mijozini zo‘rlash maqsadida tishlagani haqida Feysbuk guruxida tarqalgan xabar bir lahzada yuzlab o‘quvchilarning munozaralariga sabab bo‘ldi.

Milananing opasiga ko‘ra, zo‘rovon erkak hirsini qondirish maqsadida uning singlisini xushdan ketkazish uchun urib, tishlab a'zoyi badanini ko‘kartirib tashlagan. Biroq qiz baxtli tasodif – mashinaning yurmay qolganidan foydalanib, qochishga muvaffaq bo‘lgan va jinsiy tajovuzdan omon qolgan.

Hozirda zo‘rovon-manyakni militsiya qidirmoqda.

Ayni paytda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Toshkentda litsenziyasiz taksichilik qilayotgan 2000 haydovchini aniqlagan.

Bundan bir necha yil oldin o‘zbek taksichilari Rossiyada «qotil taksichilar» nomini olgan edi. Ular mijoz qizlarni oldin talab keyin o‘ldirib yuborishgan. Moskvada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan “qotil taksichilar” jinoiy to‘dasiga kirgan samarqandlik 18 yoshli Akmal Rizoev, 19 yoshli Abdug‘oyib G‘aniev, Xushnud To‘raqulov, Suhrob Rajabov va 26 yoshli Iskandar Rahmatovlar jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2019
Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar ...
8 aprel 2019
So‘nggi kunlarda o‘zbek jurnalistikasi hayotida ikkita diqqatga sazovor voqea yuz berdi. O‘zTV jurnalisti Mavjuda Mirzaeva bu muassasa haqida tanqidiy ...
3 yanvar 2017
Qorasuvlik Yaxyo Mashrabov Bishkekka uchib keldi, uni so‘roq qilgan qirg‘iz rasmiylari Mashrabovning terrorga aloqasi yo‘qligini aytishdi. Qirg‘izistonlik bundan ilgari ...
7 sentyabr 2020
Bizda bugundan sovuqroq kuzak shamoli boshlandi. Men kabi sovuqqa yupqa odamlar yengi uzun ko‘ylak kiyib oldik. Bir boshdan hosillarni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...