Video
9 aprel 2015

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi – hayotda ham, tarmoqda ham qo‘rqinchli

Bugungi kunda ahborot qatlamida Rossiya amalga oshirayotgan ishlarni, nafratni qo‘zg‘ashdan boshqa narsa deya atab bo‘lmaydi, deydi jurnalist Qudrat Bobojonov. 

So‘nggi ikki oydan buyon nimalar bo‘layotganini ko‘rmayapsizmi? Men Ukrainada bo‘layotgan voqealar ta'sir qilayotgan, tashvishlantiryotgan, bezovta qilayotgan va shunchaki qiziqish uyg‘otayotganlarga murojaat qilayapman.

Virtual dunyoda boshlangan urush dahshati, bugungi kunda Ukraina Janubiy Sharqida borayotgan urushdan ko‘ra kam emas. 

Millionlab odamlar bir biriga behuda nimalarnidir isbotlashga urinishmoqda, g‘azablanishmoqda, nafratlanishmoqda, tinimsiz «nog‘oralarni qoqishmoqda». Ko‘p yillik do‘stlik, oilalar buzilmoqda, nafrat yig‘ilmoqda. 

Raqamli urush – jangovor harakatlarning yangicha formati bilan hozircha biz to‘qnash kelganimiz yo‘q. Agar Ukraina voqealari sizni havotirga solmayotgan bo‘lsa va siz bu tahdilarning sizga taalluqi yo‘q, deya hisoblayotgan bo‘lsangiz xato qilasiz. 

Chunki gap nafaqat ukraina inqirozi haqida, balki yangi harbiy texnologiya haqida bormoqdaki, axborotlarni buzib ko‘rsatilishi va tashviqotning boshqacha ko‘rinishlarini shuning sirasiga kiritish mumkin.

25 KADR 

Qator rossiya telekanallari Ukraina syujetlarida 25-kadrdan foydalanishgan. 

LІGABіznesІnform muxbirining bildirishicha, jumladan, jurnalistlarga Rossiya-24 kanalining 2 may kungi Odessa voqealari haqidagi syujet raskadrovkasini namoyish qilishgan. 

Stop-kadrlardan birida xususan «Pravыy sektor yong‘in chiqardi», Kasaba uyushmalari haqidagi syujetda «odamlarni banderachilar o‘ldirdi» degan yozuvlar ko‘rinadi. 

Rossiya kanallari qo‘llayotgan25-kadr – ancha eski texnologiya bo‘lib, shaxs psixikasining shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, yanada ayniqsa, teleekran oldida ko‘p o‘tiradigan bolalarga manfiy ta'sir ko‘rsatadi. 

DYeZINFORMATsIYa

Gap rossiya amaldorlari va jurnalistlarining qurollanggan, binolarni egallayotgan va Donetsk va Luganskdagi do‘konlarni talayotgan odamlarni tinch namoyishchilar deya atashayotganida ham emas. Va hatto qo‘shni mamlakatdagi harbiy ziddiyatlarni Ukrainadagi fuqarolar urushi deya atashayotganida ham emas (garchi o‘ldiilgan jangarilarning aksariyati negadir Rossiya fuqarolari bo‘lib chiqishmoqda).

Rossiya propagandasi yanada haddidan oshadi – “Brest qal'asi” filmidagi yig‘layotgan bola, tarmoqda Donbassdagi bolas sifatida talqin etiladi.

Rossiya askarlarining Dog‘istondagi vahshiyliklari Ukraina armiyasining Donbassdagi amali sifatida taqdim etiladi.

Suriyada olingan tasvirlar donetsk qo‘shinlar amali sifatida namoyish etiladi. 

Yong‘in ostidagi Donetsk fotosi esa umuman fotoshopda qilingan.

Bunday misollar yuzlab va bu uydirilgan o‘quvchilar va teletomoshabinlar ongiga singdirilgan, internet kengliklari bo‘ylab tarqalayotgan haqiqiy urushdir.

IJTIMOIY TARMOQDAGI «TROLLAR»

Minglab internet-trollari izohlar va forumlarda jang olib boradi. Internetdagi trolling veb forumlaridagi real odamlarning fikrini siqib chiqarish, Internetda soxta kampaniyalar uyushtirish maqsadida amalga oshiriladi, ular tasavvurlar yaratishadi va real odamlarni urush holatida ushlashadi.

Putin mashinasi urushda bu usuldan ham keng foydalanadi. Shaxsan o‘zim bunga ishonch hosil qildim va feysbukdagi trolling urushida o‘nlab do‘stlarimni yo‘qotdim. Garchi ular menda unchalik ko‘p ham emas edi.

Ehtimol tarmoqlardagi trollar u qadar havfli tuyulmas – axir ular o‘ldirishmaydiku. Biroq aynan o‘shalar millionlab odamlarning ongila urush olovini yoqishadi – bu ham jinoyat, faqat uning miqyosi va oqibatlarini hali ohirigacha faxmlab yetganimiz yo‘q. Urush tugaydi, qo‘rquv va nafrat esa biz bilan qoladi.

Qudrat Bobojonov

Tag‘in o‘qing
28 iyun 2017
O‘zbekistonda qo‘shiqchilarga rasmiy ruxsatsiz YouTubega klip joylashtirish 1 iyuldan taqiqlanadi. Litsenziya bitimlariga oid yangi o‘zgarishlarga asosan, bunday ruxsat «O‘zbekkontsert» ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib ...
29 may 2016
Tinchlik va xotirjamlik har qanday ezgu ishlarning debochasi ekanini hech kim inkor etmaydi. Lekin aynan shu ezguliklar ortida aslida ...
21 iyul 2017
Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...