ART-DURBIN
26 iyun 2017

Afsonaviy kinochi Rustam Hamdamovning “Tubsiz qop” filmi Moskvada taqdim qilindi

39 inchi Xalqaro Moskva kinofestivali tanlovida Rossiyani tamsil qilgan uch asosiy kinodan birini Toshkentda tug‘ilgan rassom va rejisser Rustam Hamdamov taqdim qildi.

Kinochining “Tubsiz qop” filmi munaqqidlar tahminicha, konkurs g‘olibi bo‘lishi mumkin.

Kinofestivalning asosiy voqeasi sifatida ko‘rilgan “Tubsiz qop” filmi 74 yashar Rustam Hamdamovning so‘nggi besh yillik mehnat samarasidir.

Taniqli aktrisa Svetlana Nemolyaeva ishtirokidagi bu film XIII asrda rus shahzodasining sirli o‘limi tergovi haqida.

Kino personaji roviy xonim knyaz huzurida shahzodaning o‘limi haqidagi ertakni aytib beradi.

Qotillik versiyalari huddi tagi teshik qopdan to‘kilgandek yo‘q bo‘ladi. Chunki guvohlar doimgidek yolg‘on so‘zlaydilar.

Antonioniga xos majoz

Bundan oldin Italiyada o‘tayotgan 67 xalqaro Venetsiya kinofestivalida Moskvada ijod qiladigan taniqli o‘zbek kinochisi Rustam Hamdamov o‘zining “Javohirlar” nomli filmi bilan ishtirok etgan edi.

O‘zbek rejissyori suratga olgan film o‘tgan asrning 20 yillarida yashagan balet ustalari haqidagi ertak, deya taqdim qilingan.

Filmdagi asosiy ikkita rol – oq ayol va qora ayol rolini Diana Vishneva va Renata Litvinovalar ijro qilishgan.

Vishneva ijrosidagi balerina ikki holatda aks ettiriladi. Bir holatda magazindan javohir o‘g‘irlaydi, ikkinchi holatda sahnada Lyudvig Minkusning “Bayaderki” asari uchinchi aktida raqsga tushadi.

Rustam Hamdamovning bu asari mavhumlik va reallikning oltin o‘rtasidagi ertak sifatida taqdim qilindi.

Munaqqidlar nazarida Hamdamov filmi Mikelandjelo Antonioni suratga olgan “Qizil shar” Alena Renening “O‘tgan yoz Marienbadda” filmlaridagi ishorat va majozni eslatadi.

Bundan 15 yil oldin Rustam Hamdamov bosh rolda Renata Litvinova suratga tushgan “Vokal parallellar” filmini Venetsiya festivalida namoyish qilgan edi.

Rassom va kinochi

Favqulloda iste'dod sohibi Rustam Hamdamov 1944 yili Toshkentda tug‘ildi.

VGIKga o‘qishga kirib taniqli kinochi Georgiy Chuxray qo‘lida taxsil oldi.

Rustam Hamdamovning rassom sifatida yaratgan asarlari Ermitaj muzeyiga sotib olingan.

Ermitaj o‘z qoidalariga istisno o‘laroq, ilk marta 2003 yilda rassom Rustam Hamdamov asarlarini hali u tirikligidayoq sotib oldi.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 iyun 2018
Yaqinda OAV vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi, prezidentning davlat maslahatchisi Qahramon Quronboev o‘zining zo‘ravonligi bilan ...
18 fevral 2019
AQSh poytaxti Vashingtonda O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv koalitsiyaning yillik strategik yig‘ilishi ...
17 iyul 2018
64 yoshli sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 16 iyul kuni AQShning Sietl shahrida oilasi, farzandlari va nabiralari bilan uchrashdi. ...
22 yanvar 2018
Rasmda ko‘rayotganingiz “Setra” avtobusi oldida selfiga tushgan Maqsad O‘zbekistonning 52 vatandoshini so‘nggi manzilga eltgan avtobusning tirik qolgan haydovchisi. Bu ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...