OSI: Inoyatovlarning Rossiyadagi biznesi (video)
Ochiq manbalar asosida surishtiruv olib boruvchi Open source investigations jurnalistik guruhi, 29 dekabr kuni Sharif Inoyatovning Rossiyadagi yirik biznesiga oid ma'lumotlarni e'lon qildi.
Sharif Inoyatov, O‘zbekistondagi qudratli MXX raisi, bu idorani 22 yildan buyon boshqarib kelayotgan Rustam Inoyatovning o‘g‘lidir.
Uzgardens – Rossiyaning O‘zbekistondan meva sabzavot yetkazib berishga ixtisoslashgan yirik shirkatidir.
Inoyatovlar Kompaniyasi Gold Dried Fruits Exportning Rossiyadagi eksklyuziv importeri va distribyutori sanaladi. GDF Export esa O‘zbekistondagi yirik quruq meva va sabzavot ishlab chiqaruvchi tarmoqdir.
Maqolada tasdiqlanishicha, Rustam Inoyatov nafaqat general-polkovnik, balki mansabidan oilasini boyitishda foydalanuvchi oligarx hamdir.
O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqining yirik meva sabzavot eksporteridir. U Eron va Tojikiston bilan birgalikda Rossiya importining 80 foizini ta'minlab keladi.
2012 yili, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar Rossiyaga meva-sabzavot iprortini to‘xtatgach, Toshkentda Gold Dried Fruits Exports nomi ostida kampaniya tashkil qilingan edi.
Kampaniyadan ko‘zlangan maqsad o‘zbek meva sabzavotining Rossiya bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘lgan.
Bir yil o‘tib, 2013 yili, 7 gektar maydonda, kuniga 120 tonna meva va sabzavotni qayta ishlashga mo‘ljallangan ulkan zavod quriladi.
Sharif Inoyatovga tegishli GDF Export fabrikasi tezgina O‘zbekistondan quruq meva va sabzavot yetkazib beruvchi ulkan korxonaga aylanadi. Uning 95 foiz maxsuloti MDX davlatlariga va asosan Rossiyaga eksport qilinadi.
2015 yilning 3 iyunida Sharif Rustamovich Inoyatov, «Meva sabzavot savdosi»ga mo‘ljallangan Rossiyaning cheklangan mas'uliyatli shirkati bo‘lgan UZGARDENSga asos soladi.
Shirkat aktsioneri sifatida Rustam Inoyatovning o‘g‘li Uzgardensning mutlaq egasidir. Shirkat sayti, jumladan shu yilning 6 oktyabrida Uzgardens shirkatining Toshkentdagi ofisiga Checheniston raxbari Ramzan Qodirov tashrifi haqida yozgan.
OSI surishtiruv guruhi, O‘zbekiston maxfiy xizmati generalining o‘g‘li Moskvadan tashqari Tula va Venaning Zaltsburg shaharlariga ham sarmoya kiritgani haqida yozdi.
Masalan, Tula shahridagi «Volovskiy kombikorm zavodi»ning 30 foiz ulushi ham Sharif Inoyatovga tegishli. Sharif Inoyatovning Zavoddagi hamkorlari, Rashid Dashlakiev, Ravshan Ubaydullaev va Baxtiyor Fozilovlardir.
Inoyatovlarga qarashli Venadagi Benif Handels shirkatiga yotqizilgan sarmoyalarni esa OSI bundan oldingi surishtiruvida ochiqlagandi.
Video: https://youtu.be/TPxfroBIm9k
Eltuz.com