Video
8 mart 2018

Imomning seks haqidagi gapi tanqidga uchradi (video)

Kanadalik o‘zbek huquqshunosi Dilsora Fozilova 8 mart kuni «Eltuz» kanali orqali yunusobodlik imom Rahmatulloh Sayfuddinovning «turk seriallarini ko‘rgan ayollardan geylar tug‘iladi», degan fikriga munosabat bildirdi.

Toshkentning Mirza Yusuf masjidi imomi Rahmatulloh Sayfutdinov 2 mart kuni turk seriallarini qoralab, ulardagi chiroyli erkaklarni ko‘rgan ayollar jinsiy aloqa payti ularni tasavvur qilsa, bunday ayollardan «havorang (gey) bolalar» tug‘iladi”, degan gapni aytgan.

O‘zbek imomining bu fikri, Fozilovaga ko‘ra, bugungi kunda ilmsizlikdan boshqa narsa emas.

«Masalan, bachchabozlik 14-asrda ko‘payib ketgani, shuningdek, musulmon davlatlarida ham qaysidir tarixiy davrlarda kuchaygani to‘g‘risida ma'lumotlar bor. O‘sha paytlarda, masalan, bizda seriallar yo‘q bo‘lgan, televizor, telefon, rasmlar, reklamalar yo‘q bo‘lgan. Lekin bunday holat keng tarqalgan paytlar bo‘lib o‘tgan», deydi huquqshunos.

Ayollar eri bilan jinsiy aloqa payti turk seriallaridagi yigitlarni tasavvur qiladi, degan imomning yana bir iddaosini Fozilova ayollarga qilingan tuhmat, deb biladi.

«Tasavvur qiladi, deb biz ayollarga tuhmat qilyapmiz. Agar tasavvur qilish gunoh bo‘lsa, buning uchun serial tomosha qilish shart emas. Ular ko‘chada, kontsertda, internetda ko‘rgan istagan odamini tasavvur qilishi mumkin, deb o‘ylayman», deydi Fozilova.

Fozilova, shuningdek, «Eltuz» nashriga bergan sharhida agar diniy institutlar, imomlar, mullalar, bugungi kunda turk seriallarni taqiqlashdan ko‘ra, odamlarni foydali ishlarga safarbar qilganida, balki ularni qo‘llagan bo‘lishini bildirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 noyabr 2015
Bu yil paxta tera olmadim, deb «xafa bo‘lib» yurgandim. Lekin kecha sinfdoshim Qadamboyning g‘o‘zapoyasini (poqolini) terishgani ko‘makka (yordamga) borganimda ...
21 noyabr 2022
Salom qadrli muxlislari. Bugun 21 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Kattaqo‘rg‘onda itni temir bilan urib o‘ldirgan ...
5 aprel 2017
Moskvaga davlat tashrifi bilan borgan Mirziyoevni aeroportda mamlakat prezidenti emas, balki jinsi va drap kamzul kiygan, jamoatchilikka notanish bo‘lgan ...
2 sentyabr 2016
Ta'ziyani TRT davlat telekanali namoyish etdi. «O‘zbek Prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tdi. Alloh uni rahmatiga olsin. Turkiya Respublikasi o‘zbek ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...