Asosiy mavzular
29 mart 2018

«Lo‘lining eshagini so‘y – pulini ol!»

Farg‘onada eshaklar ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish qilingan, hali aybi sud tarafidan aniqlanmagan qassoblar, ayrim kafelar aybsizlik prezumptsiyasiga zid tarzda ko‘rsatuvda ommaviy sazoyi qilingandi.

Endilikda «Eltuz»ga yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, markaziy TV ko‘rsatuvida ko‘ringan kafe egalari aybsizligini isbotlashmoqda.

Shu yilning mart oyi o‘rtalarida «Eltuz»ga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanidagi lo‘lilar yashaydigan mahallada eshak so‘yib sotish sanoat miqyosida amalga oshirilgan, so‘yilgan eshak go‘shti Toshloq tumanida somsa qilib sotilgan.

Eshak go‘shti bilan bog‘liq janjal bundan oldin ham matbuotga mavzu bo‘lgan, dastlab Samarqand viloyatida eshaklar yashirincha so‘yib sotilganini «Eltuz» 2016 yilning dekabrida ochiqlagan edi.

«Eltuz»ga yetib kelgan foto va videotasvirlarda jar yoqasidagi behisob skeletlar yotgan eshak qabristoni aks etgandi.

Ko‘plab eshaklarning shu yerning o‘zida chala so‘yilgani, ularning uyilib yotgan qontalash go‘shtlari va terilarini ko‘rish mumkinligi qassoblar harom-harish bu ishni tezroq yakunlashni ko‘zlaganidan ham dalolat beradi.

Voqeani «Eltuz»ga izohlagan ayrim mutaxassislar eshaklarning terisi va suyagi uchun so‘yilganini taxmin qilishgan, suyagi tegirmonda maydalanib, mol ozuqasiga qo‘shilishini aytishgandi.

2017 yilning noyabriga kelib, Bosh prokuratura huzuridagi departament eshak go‘shti Toshkentning mashhur «Sharshara» brendi ostida chiqarilgan kolbasalarga qo‘shilganini tasdiqlagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 dekabr 2019
«Va'daboz deputatlarni saylab charchadingizmi, unda «Qo‘ldan kelgancha» partiyasiga ovoz bering». Telegram va yutub tarmog‘ida 2019 yilgi saylov kampaniyasi hajv ...
7 sentyabr 2020
Bizda bugundan sovuqroq kuzak shamoli boshlandi. Men kabi sovuqqa yupqa odamlar yengi uzun ko‘ylak kiyib oldik. Bir boshdan hosillarni ...
30 aprel 2018
Prezident Mirziyoev 26 aprel kungi yig‘ilishida Toshkent markazidagi «Istiqlol» san'at saroyi va metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarish qarorini ...
29 aprel 2016
O‘zbek hukumati tepasidagilarga tramvayning aslo keragi yo‘q, o‘zbek mulozimining tramvay yoki velosiped minishi – uni ko‘chaga chiqazib sazoyi qilish ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...