Catira
4 aprel 2018

Bolalarni urgan tarbiyachi va uch mulozim ishdan ketdi

Bog‘chadagi bolalarni urgani videosi tarqalgan, Jizzax shahrining «Navro‘z» nomli 39-bog‘cha tarbiyachisi 37 yashar Mohira Mamatqulova ishdan bo‘shatildi. Uch nafar shahar ta'lim bo‘limi xodimlari ishdan olindi, Mamatqulovaning ishi prokuraturaga oshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar, jumladan «Eltuz» nashri 30-mart kuni Mamatqulovaning bog‘cha bolalarini qizil daftar bilan urayotgani videosini ochiqlagan edi.

Voqea, «Eltuz» nashriga ma'lum bo‘lishicha, 27 mart kuni prezident Mirziyoevning Jizzax viloyatiga safari arafasida sodir bo‘lgan. Shu bog‘chada praktika o‘tayotgan, Jizzax pedinistituti 1-kurs talabasi voqeani tasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan.

O‘zbekiston Maktabgacha ta'lim vazirligi videodagi bog‘chani aniqlash uchun tezkor tekshiruv o‘tkazgan.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda Mamatqulovaning ishi prokuraturaga oshirilgan. Shuningdek, bog‘chaning uch nafar mulozimi ishdan bo‘shatilgan.

Bundan tashqari, Jizzax shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Qodirov ham lavozimidan olingan.

O‘zbekistondagi ta'lim-tarbiya muassasalaridagi bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan bu kabi videolar ilgari ham tarqalgandi.

Masalan, 2017 yilning 2 martida surxondaryolik «tarbiyachi ayol»ning yosh bolalarga o‘qtalib tahdid qilgani videosi tarqalgan edi.

O‘sha yilning 16 martida paydo bo‘lgan boshqa bir videoda esa farg‘onalik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bolalarni o‘quv quroli bilan urib, haqoratlayotgani aks etgandi.

«Eltuz» ilgari ma'lum qilganidek bu xolatlar bo‘yicha chora ko‘rilgan, bolalarni «pichoq» bilan qo‘rqitgan surxondaryolik tarbiyachi ayolga jinoiy qo‘zg‘atilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitob bilan urgan farg‘onalik muallima ishdan haydalgan.

Voqealardan ko‘p o‘tmay, 2017 yilning 30 sentyabrida prezident Shavkat Mirziyoev hatto Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqida alohida farmonni ham imzolagandi.

Farmonga ko‘ra, bu vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida sog‘lom muhit yaratishi va mavjud muammolarni bartaraf qilishi kerak.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2018
«U bir og‘iz gapirmadi, yerga qarab o‘tiraverdi. Rahmim keldi, ochig‘i. Men bir bahona topib chiqib ketsam, to‘yib to‘yib yig‘lab ...
24 avgust 2018
Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraning kasofatidan sud oldida javob berishga ...
6 iyun 2016
O‘tgan oy O‘zbekiston telekanallari «ish»ni 9 may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtboshining urush faxriylariga ko‘rsatgan «ulkan ehtiromi ...
21 oktyabr 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi (19.10) O‘zbekistonda 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasida ishtirok etayotgan jurnalistlar uchun amaliy seminar o‘tkazilgani ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...