Asosiy mavzular
1 iyun 2018

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo‘lgan qochqin vatanga kiritilmadi

Shvetsiyadan yurtiga qaytmoqchi bo‘lgan 58 yoshli o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan qaytarildi. Stokgolmga qaytib kelgan Qurbonov voqea tafsilotlari yuzasidan «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

«Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig‘i bo‘ldi. «Qo‘li qonga botmagan bo‘lsa kelsin, ota-enasini oldiga kelib yashayversin», degan gaplari menga turki bo‘ldi», deydi Qurbonov.

Biroq Toshkent aeroportida bor-yo‘g‘i ikki soat bo‘lgan huquq faoli Stokgolmga vatandoshligi yo‘q shaxsga aylanib qaytdi.

«Shamsiddinov degan leytenant bitta pechat bilan meni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qildi», deydi u.

Qurbonovga prezident farmoniga ko‘ra, besh yil ichida O‘zbekistonda bo‘lmaganligi bois vatandoshlikni yo‘qotganligini ma'lum qilishgan.

«O‘sha kelgan samolyotimga o‘tqazib qaytarib Shvetsiyaga jo‘natishdi», deydi huquq faoli.

Qurbonov 2006 yili Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, biroq shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan edi.

Shu yilning 4 dekabrida Stokgolmda uchrashuv o‘tkazib, o‘zbek qochqinlarini vatanga qaytishga da'vat etgan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vatanga qaytishga ahd qiladi.

Biroq Muhiddin Qurbonovning Toshkent aeroportida vatandoshlikdan mahrum qilinib Shvetsiyaga qaytib kelishi O‘zbekistondagi «kirdi-chiqdi» muammosi eskicha qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 aprel 2021
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev 30 mart kuni O‘sh viloyatining O‘zgan tumani aholisi bilan uchrashuvda “O‘zbekiston ...
5 fevral 2018
O‘zbekiston parlamentining ikki deputati Vazirlar Mahkamasining yuridik shaxslar avtomobillari haydovchilarining aynan «Avtotest-Report» MChJ malaka kurslarida o‘qib, majburiy sertifikat olishi ...
22 fevral 2023
Yangiyo‘l tumani Nurobod MFYda uyi yonib ketkan ayolga yordam har tomondan oqib kela boshladi. Ayol uyini qayta tiklab berishmoqda. ...
21 mart 2022
Xonanda va muxolifat faoli Jahongir Otajonovning Ozodlik radiosiga 18 mart kuni bergan intervyusi O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmatida katta xavotir ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...