Asosiy mavzular
19 fevral 2019

“Biz qo‘ylar podasi emasmiz!”

Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida aytildi.

600 kishi qatnashgan majlis ishtirokchilari shahar markazidagi qadimiy g‘ishtin uylar buzilib, o‘rniga Mirzo Ulugbek City qurilishi rejasini qattiq tanqid qilishdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchilardan biri bo‘lgan keksa ayol «Toshkentning tarixiy qiyofasini qandaydir takasaltang tujjorlaru bir soatlik xalifalar pul sug‘urish maqsadida buzmasin!» deya hayqirdi.

«Bizning dardimiz umumiy — biz o‘z Toshkentimiz tarixi saqlanishini xohlaymiz… Biz Ts-2da yashaymiz va biz tumanimizni saqlab qolishni istaymiz. Biz uchun bizning konservatoriyamiz, 50-maktab, o‘ta sifatli qurilgan uylar qadrli. Biz ahmoq emasmiz. Bizni tinglashingizni istaymiz», — deya xitob qildi ayol.

Yig‘ilishda toshkentliklar orasida “Akfaboy Joxa” deya nom chiqargan va yaqinda u haqda e'lon qilingan maqolaga ishonilsa, o‘rta ma'lumoti ham bo‘lmagan Toshkent hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jaev so‘z oldi.

“Mirzo Ulugbek Business City rejasiga kirgan hududda joylashgan uy egalarining roziligisiz hech kim binolarni buzmaydi”, dedi hokim.

Ayni paytda shahar rahbari bu hududning buzilish istiqbolini ham yashirmadi.

«Agar buziladigan bo‘lsa, u holda biz sizning tumaningizga katta majmuani joylashtirish niyatidamiz, u yerda hokimlik va sarmoyadorlarning vakillari ofisi ishlaydi. Siz ular bilan individual tartibda uchrashishingiz va tushuncha olishingiz mumkin. Siz nimani istaysiz, derazangiz qay tomonga qarasin, qaysi qavatdan bo‘lsin, qancha farzandingiz bor, qanday yashashni istaysiz, hovlingizda hovuz bo‘lishini istaysizmi? Har bir odam bilan alohida, uning manfaatlaridan kelib chiqib kelishiladi. Ular ish rejasi tuzishadi. Agar siz rozi bo‘lsangiz, albatta. Shunchaki hech kim buzmaydi ilgarigidek», —deya go‘zal va'da berdi Jahongir Ortiqxo‘jaev.

Yig‘ilish so‘nggida qatnashchilar hokimning “Uylaringizga sizning ruxsatingizsiz hech kim tegmaydi», degan so‘zlarini chapaklar bilan qarshiladi.

Video: https://youtu.be/U9sx3xaixdI

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 dekabr 2020
O‘zbekiston hukumati yolg‘on ma'lumotlar tarqatilishini jinoiy javobgarlikka tortishga urinishni to‘xtatishi va jurnalistlarning jazodan qo‘rqmasdan erkin ishlashini ta'minlashi kerak.  Bu ...
25 yanvar 2016
Qamoqxona boshlig‘i o‘rinbosari poraxo‘r bo‘lib chiqdi “Huquq” gazetasining yozishicha, Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha ...
19 aprel 2016
Poraxo‘rlik bo‘yicha mamlakatda eng katta ulush kuchishlatar tizimlariga to‘g‘ri kelishi aytib kelinadi. Militsiya to‘g‘risida esa hanuz O‘zbekistonda hatto qonun ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan shaxslar vaqtincha ushlab turilardi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...