Video
13 may 2019

DXX hibsga olgan jurnalistning Muhammad Solihdan olgan intervyusi ochiqlandi

DXX tergov boshqarmasi tomonidan hibsga olingan Said-Abdulaziz Yusupovning O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihdan olgan intervyusi 13 may kuni Yutub kanalida paydo bo‘ldi.

Bu Yusupovning qamalishidan bir necha oy ilgari Turkiyada tasvirga olgan, biroq qamalganidan keyingina yaqinlari tomonidan ochiqlangan ikkinchi videosidir.

Dastlabki video bir kun oldin – 12 may kuni chop qilingan, Yusupovning prezident Mirziyoevga videomurojaati edi.

Videomurojaatida jurnalist «agar bu ko‘rsatuv internet tarmog‘iga qo‘yilgan bo‘lsa, siz ko‘rayotgan onlarda men yo hibsda, yo Vatandan tashqarida, yoki, Xudo ko‘rsatmasin, baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan bo‘laman», deydi.

Har ikkala video – Muhammad Solihdan olingan intervyu hamda Yusupovning prezidentga videomurojaati, «Eltuz»ning o‘rganishicha, 2018 yilning 25 sentyabrida Turkiyada suratga olingan. Yusupovning yaqinlari tomonidan tarmoqqa qo‘yilgan.

10 may kuni DXX jurnalistning uyida tintuv o‘tkazgan edi. Yusupov ayni damda DXXning Toshkentdagi «Gvardeyskiy» deb nom chiqargan hibsxonasida saqlanayotgani aytilmoqda.

Video: https://youtu.be/F1B4uHASRU4

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2016
Xalqaro korruptsiyada ayblanib ishdan ketgan hukumat mulozimi Abdulla Oripovning qayta lavozimiga qaytarilganini rassom Adolat Eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi suratida ...
5 mart 2021
Qarg‘algan millati ho‘kizday ishlab,Rahmatning o‘rniga eshitar minnat,Bor-yo‘g‘ini dunyoning poyiga tashlab,“O‘g‘ri” deb nom olar qarg‘algan millat.Qarg‘algan millatning kelajagi tul,Daryolari qurib, ...
19 mart 2019
Mayli, boshlab qo‘ydim endi, men ham xaypni davom ettiray. Qozoqlarda urug‘chilik tizimi bugungi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan. Urug‘ ...
30 avgust 2016
Prezident Islom Karimovning na o‘lik, na tirik ekanligi davlat siri darajasida mahfiy, yangi yurtboshining kim bo‘lishi hamon noma'lumlicha qolarkan, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...