Catira
27 aprel 2020

Toshkent – bosqinchiga haykal qo‘yadigan shahar

Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkentning Kamolon mahallasida shaharni bosib olgan rus harbiylariga xotirasiga bunyod etilgan butxona qayta tiklanib, ziyorat uchun ochildi.

Voqea tarmoqdagi o‘zbek segmentini junbushga keltirdi. Bir tomon yodgorlikning tiklanishini oqlashga urinayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomon keskin qoralamoqda.

Rassom Tuzning mavzuga oid karikaturasi qoralamasi va izohlari ostida ko‘plab bir-biriga qarama-qarshi izohlar paydo bo‘ldi.

“Ruslarga atab qurilgan butxonadan kӯra shu haykalni qurishsayam mayli edi”, deya rasmni izohladi Michael Michaelson ismli feysbuk yuzeri.

“Nemislar Toshkentga bostirib kelganida, hozir haykali turgan bo‘lardi”, deya izoh yozdi Mirsaid Haydarov ismli yuzer.

Tarmoq foydalanuvchilaridan biri hatto shu yodgorlikni portlatganga 20 ming dollar berishni va'da qildi.

Yodgorlikning tiklanishini oqlashga uringanlar ham bo‘ldi.

“Toshkentga yangi turistlarni eltish uchun nuqta, g‘oya turizm vazirliginiki”, deya izoh yozdi Bahrom Irzaev. 

 Turkiyadan yashayotgan o‘zbek faoli Hosiyat Sobir ayni voqeani milliy qadriyatlarning qoralanishi deya baholadi.

Pragada rus zobiti Konevga qo‘yilgan haykalning demontaj qilinishi

Ayni voqea bilan deyarli bir vaqtning o‘zida,  3 aprel kuni Pragada sovet harbiysi,  marshal Ivan Konevga qo‘yilgan yodgorlik demontaj qilindi. 

Butxona 1886 yili Toshkentni bosib olish chog‘ida o‘lgan 24 nafar rus ishg‘olchi askari qabri ustida tiklangan. Ayrim manbalarda ta'mir uchun Toshkent hokimligi byudjetidan kamida bir million AQSh dollari sarflangani bildirilgan.

Madaniyat vazirligi tasdiqlagan hujjat

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi bergan ma'lumotnomada butxonani ta'mirlash ishlarini Toshkent shahri hokimligi tomonidan yollangan “Ijod-ijod” xususiy korxonasi mutaxassislari amalga oshirgani, «Toshkent quvur zavodi» homiylik qilgani aytiladi.

Madaniyat vazirligi, shuningdek, mazkur ob'ekt Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi qarorining 1-ilovasiga muvofiq Milliy ro‘yxatiga kiritilmaganini bildirgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida fikr yuritadi. @eltuz
17 aprel 2017
So‘nggi vaqtlarda bozorlarda kartoshkaning narxi osmonga chiqib ketgani haqida yozish mahalliy matbuot uchun urfga kirdi. Biri qo‘yib biri yozdi ...
9 aprel 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning kelishiga yo‘l chetidagi uyi devorini sariqqa bo‘yamagani uchun sirdaryolik huquq faoli Isroil Rizaev uch million so‘m ...
13 sentyabr 2016
Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...