Asosiy mavzular
31 avgust 2020

Sobiq hokim: Dehqonning mahsulotiga hokimlar xo‘jayinlik qilmasin!

Respublikaning bugungi rahbarlari qonunni, dehqonlarning huquqini umuman mensimayapti, 50 foiz fermerlarning yerlari tortib olib qo‘yilayapti, deydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov.

“Oldingi gaplarimga qo‘yilgan postlarda hatto Karimov davrida yerga munosabat yaxshi edi, deb yozishyapti, balki noto‘g‘ridir, lekin men qo‘shilaman. Bugungi ahvol juda nochor. Bir qism yer qishloqda yashaydiganlarga tekin berilsin. Tekin!” deydi qishloq xo‘jaligida ko‘p yillar mehnat qilgan Ismoil Ospanov o‘zining navbatdagi videosida.

Ospanov O‘zbekistonda yerga egalik masalasida noto‘g‘ri siyosat yuritilayotgani, prezident umuman islohotlar o‘tkazmayotgani haqida fikr bildiradi.

“Yerning katta amaldorlar ixtiyoriga berilib xususiylashtirilishi – bu katta jinoyat. Hokimlar qaror chiqarishi mumkin, lekin ularning (Fermerlar uyushmasi. tahr) kengash vakili bo‘lishi noto‘g‘ri. Chunki bu holatda fermerlar bosim ostida qoladi. Bu holatda fermerni himoyalash haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Mana, yaqinda Qashqadaryo viloyatida qovun yetishtirgan ekan bir dehqon, hokim bozorga chiqartirmayapti. Bu nima degani, dehqonning yetishtirgan mahsulotiga xo‘jayinmi hokim?

Keyin klasterlar nega dehqonning ishiga aralashadi? Bu ularning vazifasi emas-ku. Ular yangi bir ma'muriy idora bo‘lib qoldi. Holbuki, ularning maqsadi bitta. Katta-katta yerlarni monopolistlarga berib, xususiylashtirish. Buni qat'iyan to‘xtatish kerak, jinoyat bu!

Chidamning ham chegarasi bor. Hozir men dehqonlarga murojaat qilaman, chidab o‘tirmalaring! Qo‘rqish ham kerak emas. Bizni himoya qiladigan Konstitutsiyamiz bor. Qonunlar bor mulkchilik to‘g‘risida.

Viloyat deputatlari, Oliy majlis deputatlari qani? Vazir qani? Qishloq xo‘jaligidan non yeb yurgan uyushmalar qani? Fermerlar haqidagi qonun yomon qonun emas, lekin bu ishlamayapti. Qonunga qo‘shimcha kiritish kerak. Yer kadastri haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritish kerak. Mana shu masalalarni yechmasa, yer islohoti bo‘lmaydi”, deydi Ismoil Ospanov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 fevral 2018
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning 23 fevral kuni hibs etilishi ortidan yana bir qancha mulozimlarning qo‘lga olingani «Eltuz»ga ma'lum ...
20 mart 2017
18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk ...
21 may 2017
Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil ...
12 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...