Asosiy mavzular
22 oktyabr 2020

Hokim “pogromchilar” sharafiga 10 ta qo‘y so‘yishga va'da berdi

Payshanba kuni Qashqadaryo viloyatida Enter Engineering kompaniyasining g‘alayon ko‘targan xodimlari bilan suhbatlashgan G‘uzor tumani hokimi Behzod Suyunov katta kontsert o‘tkazilishini ma'lum qildi. U, shuningdek, “pogromchilar” sharafiga 10 ta qo‘y so‘yishga ham va'da berdi.

Ayni kuni ertalabdan Enter Engineering kompaniyasi rahbariyati ishchilariga bir necha oydan buyon to‘planib qolgan maoshlarini to‘lay boshladi.

«Eltuz» bilan suhbatlashgan zavod ishchilaridan biri bir necha oydan buyon qolib ketgan maoshlarni to‘lash uchun zavodga ikki yuk mashina liq to‘liq pul yetib kelganini aytdi.

Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasining minglab ishchisi maoshlar to‘lanmayotgani va ovqatlar vaqtida berilmayotganiga e'tirozan chorshanba kuni g‘alayon ko‘tarishgan edi.

Ommaviy tartibsizliklar stixiyali ravishda oshxonada tirbandlik sabab yuzaga chiqqandi.

Yuzlab ishchilar dastlab oshxonani ag‘dar-to‘ntar qilishgan, so‘ngra zavod ma'muriyati binosiga hujum qilib, u yerdagi orgtexnika va mebellarni buzib tashlashgan edi.

«Eltuz» bilan suhbatlashgan guvohlardan birining aytishicha, tartibsizliklar ishchilar sonining ortishi barobarida kuchaygan. Darg‘azab olomon zavodning mas'ul xodimlarini do‘pposlagan.

Ishchilar bilan muzokara qilishga va ularni tinchlantirishga kelgan zavod va mahalliy mulozimlar ham quvib solingan.

Guvohlarning «Eltuz»ga bildirishicha, tartibsizliklar bir necha soat o‘tib, milliy gvardiya va militsiya kuchlari tomonidan kuch bilan bostirilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, G‘uzordagi voqea prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

«Eltuz» suhbatlashgan ishchilardan birining aytishicha, ayni kuni kechga borib, kechki ovqat va payshanba tongida nonushta sifati yaxshilangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 yanvar 2017
Britaniyaning Times gazetasi, Istambuldagi qonli voqealarni tahlil qilarkan, jihodchilar safidagi markaziy osiyoliklarga e'tibor qaratdi. Turk nashrlari, jumladan hujumchining Markaziy Osiyo ...
22 fevral 2022
Xorazmlik fermerlarning klaster bilan shartnoma imzolashdan bosh tortib, o‘zlari kooperatsiya tashkil etib ishlash sa'y-harakatlari mahalliy hokimiyat vakillarining kuchli qarshiligiga ...
16 avgust 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirib chiqqan 64 yoshli jurnalist Muhammad Bekjon «Alvido, Jasliq!» kitobining navbatdagi bobida bir kishilik ...
9 iyul 2019
Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi uchrashuvida Vestminster universitetining 3-kurs talabasiga turizm vaziri o‘rinbosari bo‘lishni taklif qildi. O‘zini Saidakbarxon deya ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...