Asosiy mavzular
27 oktyabr 2020

Senator MXX josuslikda ayblagan mahkum bilan uchrashdi

Surxondaryo viloyatidagi 41-manzil koloniyada qolayotgan asli tojikistonlik Abdug‘ani Erdonov senator Iminov bilan uchrashuvdan so‘ng yana ozodlikka chiqishiga umid uyg‘ongani haqida bildirdi.

Tojikiston foydasiga josuslikda ayblanib, 8 yildan buyon qamoqda qolayotgan 62 yashar mahkum Abdug‘ani Erdonovning «Eltuz»ga ma'lum qilishicha, u O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov bilan 21 oktyabr kuni uchrashgan.

«Mening yetti yillik orzuim amalga oshdi. Shu paytgacha (hukumatdan) bir inson men bilan gaplashmagan edi. Bir soatcha gaplashdik. Yengil bir suhbat o‘tkazishdi. Yuragimdagi hamma gaplarimni aytdim», dedi Erdonov «Eltuz»ga bergan intervyusida.

Erdonovning «Eltuz»ga bildirishicha, senator Iminov unga Erdonovlar masalasi Senat raisi Tanzila Norboeva nazoratiga olingani, ayni masalani ko‘rish maqsadida u bilan suhbat qilgani kelganini aytgan.  

Qamoq jazosining 5 yilini mash'um Jasliq zonasida o‘tagan, manzil koloniyasiga o‘tkazilganidan buyon o‘ziga nisbatan qiynoqlar bo‘lmayotganini bildirgan Erdonov o‘tgan davr mobaynida ancha sog‘lig‘ini yo‘qotganini qayd etdi.

Erdonov uzoq davom etgan tergov va hibslar chog‘ida uning ishi bo‘yicha ayblanganlardan uchta ayol og‘ir qiynoqlarga dosh bera olmasdan o‘lgani, hozir u bilan birga bir o‘g‘li ham qamoqda qolayotganini aytdi.

Abdug‘ani Erdonov 2013 yili o‘nlab qarindoshlari bilan birga MXX podpolkovnigi Nodir To‘raqulov guruhi tomonidan uydirilgan ayblovlar bo‘yicha qamoqqa olingan edi.

2014 yil Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari sudi guruhning barcha a'zolarini 5 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamoq jazosiga hukm qildi. Erkaklar jazoni o‘tagani Jasliqqa jo‘natildi.

2018 yili MXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tergov bo‘limi sobiq boshlig‘i Nodir To‘raqulov JKning 11 moddasi, jumladan, tamagirlik, o‘zlashtirish, poraxo‘rlik, hujjatlarni qalbakilashtirish, aybsizlarni javobgarlikka tortish, qiynoqlar qo‘llash, hokimiyat vakolatlarini suiiste'mol qilish kabi jinoyatlarda ayblanib 16 yilga qamaldi.

Biroq To‘raqulov uydirgan jinoyat ishi o‘zgarishsiz qoldi. “Eltuz” oldin xabar berganidek, joriy yilning fevralida o‘tishi kerak bo‘lgan sud 7 aprelga surildi. Keyin esa koronavirus karantini bois noma'lum muddatga qoldirilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2019
Prezident Mirziyoev mamlakatning xorijda muzlatilgan korruptsiya pullarini qaytarish va chet el sarmoyasi kiritishga jahd qilarkan, tag‘in O‘zbekistonning oldingi prezidenti ...
28 dekabr 2020
O‘zbekistonda mahkumlar mehnati sharafiga qo‘yilgan yodgorlikni buzishdi. Taassufki, u faqat bir necha kungina turdi, “oq paltoli” ziyolilar va “ma'naviyatli” ...
2 fevral 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
10 fevral 2017
Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...