Nega Pastdarg‘om Las-Vegasga aylanmadi?
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, yana 4000 qo‘shilibdi. To‘yda shunaqa bo‘ladi. Joy yetmay qoladi. Yaxshi odamning to‘yiga aytilganidan ikki baravar ko‘p odam keladi. Birga yetgan mingga yetadi. Uyimiz tor bo‘lsa ham ko‘nglimiz keng. To‘yga Nasafiyni chaqirib, sochini sariqqa bo‘yagan sanamjon haqida ashula ayttiray desam, bechoraga jarima solishib, bu qo‘shiqni boshqa aytmaydigan qilib qo‘yishibdi.
Optik yolg‘on
Chiroq yondi. Shag‘am yorig‘ida ro‘montik ko‘ringan uy aslida xaroba va ivirsigan ekani aniq ko‘rindi. Gaz kuchayib, uy sal isishi bilan suvarak va burgalar tirilib, hamma yoqda o‘rmalab boshladi. Dori kor qilmadi bu yangi O‘zbekiston burgalariga. Uy minus 2 daraja sovuq bo‘lib yotganida bulardan asar ham yo‘q edi. Yutubda boylarning uyi videosini ko‘rib, o‘z uyim bilan solishtirib, kayfiyatim tushib ketdi. Lekin bu uzoqqa bormadi. Mana, yana chiroq o‘chdi. Telefonim chirog‘ini yoqdim. Uyim ko‘zimga yana ro‘montik va shinam bo‘lib ko‘rindi. Optik yolg‘on, deydi buni.
Xabarlarga o‘tsam.
Toshkent shahri IIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, muhtaram polkovnik Mahkam Vafoev shahardagi barcha IIB xodimlarining onasi bilan ikki marta jinsiy aloqada bo‘lish niyatini bayon qildi. Bundan oldin ayni niyatni Mirishkor, Xiva, Shovot va boshqa o‘nlab tuman hokimlari bildirgan edi. Onasi zo‘rlanmagan amaldor qoldimi O‘zbekistonda?
24 yanvardan Toshkentda suv va kanalizatsiya narxi oshadi. Bu to‘g‘ri qaror. Yana oshirish kerak. Basseynga ichimlik suv quyib cho‘milishmoqda.
Namangandagi metan zapravkada navbatda turgan bir amaki o‘lib qolibdi tunda. Bu amakilar o‘zi mo‘rt keladi. Sal narsaga o‘lib beradi. Hayot faqat metangazdan iborat emas.
Pastdarg‘omni Las-Vegasga aylantirmoqchi bo‘lgan amaki qamaldi.
Pastdarg‘omning Qorag‘uppa mahallasidagi 39 yashar erkak o‘z uyida qimorxona tashkil qildi. U yerda qimor o‘ynayotgan yetti nafar fuqarodan jami 2.186.000 so‘m pul va 2 dona o‘yin kartasi «cho‘ntak» xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Chumchuq hakkaning yurishini qilaman deb chatanog‘idan ayrilgan ekan. Pastdarg‘om qayog‘da-yu, Las-Vegas qayog‘da?
Jizzax shahrining Zilol mahallasi hududida turgan konteynerni o‘g‘irlab ketishdi. Konteyner igna emaski, uni bildirmay o‘marsa. Qiymati 84 million 889 ming so‘mlik konteyner janobi oliylari bo‘lsa. Zangiotada bunday konteynerga 16 ta o‘lik sig‘adi.
Sekin so‘rab surishtirilsa, o‘g‘irlik Sharof Rashidov tumanida yashovchi E.Z. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
U o‘g‘irlangan konteynerni shu tumanning Toqchilik qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan qurilishi tugallanmagan turar-joyiga yashirib qo‘ygan ekan.
O‘g‘ri qamaqda. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Turkiyada avtohalokatga uchrab, o‘sal bo‘lib qolgan Nozima Mirzaevani vataniga olib kelishdan bosh tortdi. Mana hujjat.
Hafta voqeasi
Xivaning qadimiy minorasi yonida uy portlab yonib kulga aylandi. Bir qiz o‘ldi. Namanganlik hoji aka yaxshi niyat bilan qurgan ko‘prik sindi. Jizzaxdagi molboqar shirkat qurgan uy ag‘anab tushdi. Qashqadaryodagi elektr stantsiyasi ishdan chiqdi. Afg‘onistonning yarmi chiroqsiz qoldi.
Bu voqealarni raqamlab, lotereya o‘ynaydigan loxotronga solib aylantirsam, Jizzaxdagi uy ag‘darilishini eng muhim deb chiqarib berdi.
«Eltuz» va Abdulla G‘arip kinostudiyasi hafta voqeasi bo‘lgan uy buzilishi aybdorlari qanday sudlanganini kino qildi.
Qudratimizga ishonmasang, qulayotgan uylarimizga bir boq.
Gapning to‘g‘risi, blogerlar ham oshirib-toshirib yubordi. Bir uy va ko‘prik quladi. Qolganlari hali turibdi-ku. Vahima qilmanglar. Buxoriy yurti bu nazarkarda. Iznsiz bir kiprik uzilmaydi.
Hafta ichida bu yil O‘zbekistonda bo‘ladigan prezident saylovi haqida gapirildi. «Eltuz» Hotamjon aka Ketmonov bilan bog‘landi. Ketmonov akamiz doim tayyorman, deb javob berdi. Bu orada xat keldi «Eltuzga»:
«Assalom aleykum, davlat boshqaruvini sizga bersak qanday boshqarar edingiz?»
Mushtariy savoliga javob bersam. Avvalo, O‘zbekston boshqaruvi, ya'ni prezident lavozimi saylab qo‘yiladigan lavozim. Masalan, Putin bilan Alisher Usmonov va Rustam Inoyatov choy ichib o‘tirib, «palonchi prezident bo‘ladi», deb qaror berishi noto‘g‘ri narsa.
Mabodo men saylovda yutib chiqsam-u, O‘zbekiston prezidenti bo‘lsam, eng avvalo, Mixail Sakaashivili hazrat bilan uchrashib, undan duo olardim. «Qori bitta duo qiling¸ sizning yo‘lingizni menga bersin», derdim.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda faqat 7 ta vazirlikni qoldirib qolgan barcha vazirlik qo‘mita va agentliklarni darrov tugatardim. Qo‘g‘irchoq partiyalar faoliyatiga ham nuqta qo‘yardim.
Bir paytlar Toshkentdagi Glinka ko‘chasida bir o‘ris kampirning hovlisini sotib olgandim. Bu uyning o‘rnida ikki qavatli uy qurish kerak bo‘ldi. O‘ris kampirning uyi yangi uyning fundamentini ko‘tarmaydi.
Devorlar zax tortgan va hokazo. Oxiri bitta buldozer olib kelib, uyni surib tashladik. Kotlovan qazdirib, barmoq kattaligidagi temir armaturalarni sim bilan boylab, ustiga 500 marka beton quyib zamin hozirladim… Tushuntira oldim menimcha savol bergan odamga.
Men o‘zga manzilga tikkanman ko‘zim…
O‘tgan hafta o‘zini “bloger” deb ataydigan, 1990 yili Qozog‘istonda tug‘ilgan va doimiy janjallar markazida qolayotgan Shuhrat Musaev “Eltuz” jurnalistlarini, ayniqsa, taniqli jurnalist Qudrat Bobojonnni haqorat qildi va O‘zbekiston Jinoyat kodeksida jinoyat deb malakalangan “o‘ldirish bilan” taxdid qildi.
Odatda biz bunaqa xurujlarni e'tiborsiz qoldiramiz. Chunki ruhan majruhlik kompleksiga mubtalo bu toifalar shu kabi janjallar ortidan tanilib qolishni istashadi.
Bu asnoda «Eltuz» mushtariylari maktub yo‘llab, o‘zini “elparvar” degan Musaevning aslida “ehson o‘g‘risi” va oddiy “firibgar shantajchi” ekani haqida yozishdi.
Maktublarda Musaevning sovetparast ekani ham fotofaktlar bilan ta'kidlandi. O‘zbekiston axborot agentligining «Eltuz» bilan suhbatlashgan jurnalisti esa bir yil oldin “soxta elparvar Musaev” va “to‘da”ning beva-bechoralarga atalgan ehson bilan bog‘liq firibgarliklar figuranti ekaniga oid maqola yozganini aytdi.
Ammo ehson biznesidan “ulush olgani”ga ishoniladigan akaxonlarning uzun qo‘li bu maqolani to‘xtatgan. Bloger Otabek Usmonov iddaosiga ko‘ra, O‘zAdagi maqolani to‘xtatgan “akaxonlar” jinoyat olami mansublari.
Otabek Usmonov o‘z sahifasida e'lon qilgan maktubda “1990 yil 7 sentyabr kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan Shuhrat Musaevning 2011-2012 yillarda Toshkentdagi modellar agentliklariga o‘z xizmatlarini taklif qilgani va amalda odam savdosi hamda tanfurushlik bilan shug‘ullangani»ga e'tibor qaratadi.
Otabek Usmonov iddaosiga ko‘ra, Shuhrat Musaev bokira qizlarning suratlarini bokiralikni olishga qiziqadigan mahalliy mulozimlarga va Arabistondan kelgan shayxlarga taklif qilish bilan shug‘ullangan.
«Musaev balog‘atga yetmaganlar pornografiyasi va pedofiliya kabi jinoiy sohalar figuranti bo‘lgan va buni Toshkentdagi ko‘zga ko‘ringan modellar agentliklari hamkorligida¸ O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati rahnamoligi hamda panohida amalga oshirgan”.
Otabek Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, MXX “krisha”si ostida qimmat seks xizmatlari ko‘rsatadigan idoralarning eng “mashhuri” Toshkentning Oloy bozori yaqinida joylashgan “Figaro” modellar agentligi bo‘lgan.
MXX modellar agentligiga kelgan chiroyli qizlarni katta boylarning, yirik amaldorlarning va badavlat xorijliklarning “tagiga yotqizib”, keyin oligarxlarni “joyida ushlash”ni va shantaj qilishni yo‘lga qo‘ygan.
Endi bu Otabek Usmonovning gapi.
«Eltuz»ning instagram, tvitter va tik tokdagi ma'murlari Musevning o‘zi bilan gaplashdi. Muomalasi yaxshi, o‘qimishli yigit ekan. 400 ta kitobni o‘qibti. Balki 399 tadir, deb so‘rasak, yo‘q, aniq 400 ta dedi. 5 ta tilni bilar ekan.
O‘zi chimkentlik bo‘lsa ham kallaxona shevasini mukammal biladi. Mashalloh. U bechoraning ortiqcha vazni va ba'zi hayvonlarga tashqi o‘xshashligini masxara qilishibdi. Bu yaxshi emas. Odamning ichki dunyosiga baho beringlar.
Bu yigitning seks industriyasi bilan aloqadorligi ham o‘zining ishi. Tavba eshiklari ochiq. Inshaollo, ortiqcha vazn va boshqa xastaliklardan forig‘ bo‘lib, sigir yilida tarmoq degan sigirni sog‘ib, monetizatsiyalari ko‘payishligini tilab qolamiz.
Millat bir-biri bilan gazeta orqali gaplashadi, degan gap bor edi eskidan. Gazeta urf emas. Demak, rassom Tuz sahifasida gaplashamiz. Maktublarni o‘qib turibman. Rahmat. Asosiy muammo gaz va chiroq. Ko‘pchilik qanday qilib O‘zbekistondan chiqib ketsam, deydi. Mana bu bizning telegram instagram va tvitterdagi manzillarimiz.
Kino, kino kino
Bir paytlar O‘zbekistonda shunaqa ko‘rsatuv bo‘lardi. Mo‘ylovdor yozuvchi Murod Muhammad Do‘st chiqib, kino haqida gapirib-gapirib tashlar edi. Men ham Murod og‘amni bir yongsilasam.
Ikki kun oldin Toshkentda “Men terrorist emasman” degan kino qo‘yishdi. Davlat puliga olingan kinoda Suriyada odam so‘yib yurgan o‘zbekning yangi O‘zbekistonga kelib, gazi va chirog‘i uzilmagan kvartira olib baxtiyor bo‘lgani hikoya qilinadi. Shu kinoga ketgan pulga 12 ta elektr transformatori olib, Arnasoydagi chiroqsiz mahallaga o‘rnatsa, balki yo‘lto‘sarlar kamayarmidi?
1950-88 yillarda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari kinofestivalini qayta tiklash kerak, deyishdi. Muhtaram ham shessekundda qaror chiqarib berdi.
Men bu festivalning keragi yo‘q, deb aytaman. Nega? Chunki bu Toshkent festivali deb atalsa ham SSSR tadbiri va sovuq urush mahsuloti edi.
1946 yili SSSR va G‘arb bloklari vujudga keldi. Iqtisodiy va ideologik qarama-qarshilik boshlandi. Bu 1980 yilgacha davom etdi. Dunyo ikki lagerga bo‘lindi. G‘arb va sotsialistik lager. Ammo shu ikki lager o‘rtasida arosatda qolgan davlatlar bor edi.
Qoloq, och-yupun va diktatorchalar boshqargan bu davlatlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari deyilardi. Ular olgan kinolar standarti A rusumdagi G‘arb festivallari darajasiga tortmasdi.
Ikkinchidan, Kuba va Vetnamdagi kommunistcha propaganda usulidagi kinoni kino deb ham bo‘lmasdi. Xullas, dunyoning oltidan birini egallagan SSSR katta og‘a bo‘lib bu mikrodavlatlar uchun kinofestival qilib berdi. SSSR tugadi va bu festival ham tugadi.
SSSR bilan kindigi bir edi uning. Endi hatto dengiz chegarasi bo‘lmagan, Rossiyaga qaram va qarz davlat O‘zbekiston «katta akalik» qila olmaydi. O‘ziga en bo‘lmagan, birovga yeng bo‘ladimi? Bu xuddi Varshava shartnomasini tiklash kabi xom xayol.
Mening jahlim chiqqani shuki, davlat rahbarida jiddiylik yo‘q. Nima, qachon, qaerda, nima uchun degan narsadan bexabar. Hatto Gulnora buni tushunib yangi formatdagi «Oltin gepard» kinofestivali qilishga urinib ko‘rdi, ammo o‘xshamadi. O‘xshashi uchun kinoakademiya bo‘lishi kerak.
Madaniyat va iqtisodiy qudrat kerak. Aholi zombilashib, mulozimlar kinolardagi o‘pish sahnasini qaychilaydigan urod rejimga festival issiqlik qiladi.
Bir paytlar Eronning zombi aholisi kinoteatrga o‘t qo‘ygandi. Hozir xazon.uzlar xazon qilgan zombiland aholisi ham kinoteatrlarga o‘t qo‘yishga gugurt izlamoqda. Xuddi archalarni yoqib yuborgan kabi.
Bashorat qobiliyati
Katta bobom Latif qori oldindan yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni tushida ko‘rib aytib berar ekan. Mengayam yuqqan bu xislat, mashalloh. Mana, bu gapni o‘tgan yili 22 dekabrda yozgan ekanman: «Ëlqin akaning kinosini «O‘zbekkino» Oskarga tavsiya qiladi. Printsipda bu idora lyuboy kinoni, hatto Lahad Qayum kinosini ham tavsovat qilishi mumkin.
Masala o‘zgarmaydi. Ëlqin akaning kinosi yaxshi, unda rol ijro etgan Bahrom og‘a genial. Lekin hozirdan butun ma'suliyatni zimmamga olib ayta olamanki, Ëlqin akaning kinosi Oskar olmaydi, 400 ming dollarga bahs bog‘lashim mumkin notarius oldida shartlashib».
Xuddi shunday bo‘ldi. «O‘zbekkino»dagi krutoylar 16 soat ivirsib, kinoni Amerikaga internetdan jo‘nata olishmagan. Kino o‘rniga bir gala virus kelishidan qo‘rqqan AQShdagi Oskar idorasi 5 soat qarab o‘tirib, quvurni yopib qo‘ya qolgan. «Balodan nari» deya.
Birovlar «o‘siroq ko‘tga arpa uni baxona» desa, yana birovlar «yomon raqqosaga yumurtosi meshayt qilibdi», deyishdi. Natija barcha holatda nolga teng.
Bitta odam doim xudoga yolborar ekan ey xudo, lotereyamga moshin yutuq chiqsin deb. Xudo unga saslanib «hech bo‘lmasa lotereya bilet sotib olgan», deganmush vallohi a'lam. Qanday sifatda bo‘lishidan qat'i nazar, kinoni AQShga yetkaza olmagan kino idorasidan nima kutamiz. Hech narsa!!!!
Qulagan ko‘prik¸ yorilgan to‘g‘on¸ ag‘darilgan uy va yonmaydigan gugurt qatorida «O‘zbekkino» mahsuloti ham turadi. Boya yozuvdima «Hakkaning yurishiga taqlid qilaman deb chumchuqning chatanog‘i yirtilgan ekan.»Tuya qayda chukki qayda deydi turkmanlar. Buni hozirgi sharoitga moslasak, «o‘zbek kino qaerda-yu, Oskar qaerda». O‘tiruvringlar Nastenkani Ivanushka o‘pkan jayini bijillatib.
Shunday Vataning bo‘laturib,
Va'zda ertak bilan shig‘ir qolib ketibdi. Aytganlarimning hammasini yangi O‘zbekiston haqida ertak deb qabul qilinglar. She'r esa vatan haqida.
Shunday Vataning bo‘laturib,
Yozasan yulduzlar haqida,
Charog‘on kunduzlar haqida,
Qoshlari kunduzlar haqida.
Shunday Vataning bo‘laturib,
Sen gullar haqida kuylaysan.
Onangning ham ko‘zyoshini sen
Shabnam deya o‘ylaysan.
Shunday Vataning bo‘laturib,
Koinot haqida so‘zlaysan.
Toshga urish kerak bo‘lgan boshni
Gulchambar uchun shaylaysan.
Shunday Vataning bo‘laturib,
Qurol yo‘q qo‘lingda.
Shunday vataning bo‘laturib,
Qo‘rqasan o‘limdan!
Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!
Rassom Tuz