Asosiy mavzular
26 oktyabr 2022

Gurlan hokimi fermerga sholisini yig‘ib olishiga ruhsat bermayapti

Xorazm viloyat Gurlan tumani, Yangiobod-sholikor qishlog‘i «O‘yilma» mahallasidan Eltuzga 25 oktyabr kuni kelib tushgan videoda fermerga sholi ekinini yig‘ib olishga ruhsat berilmayotgani aks etgan.

«Kechayu kunduz uchastka inspektori ichki ishlar xodimlari bilan kelib olib, dalamdagi kombaynimni qo‘riqlab o‘tiribdi. Xo‘jaligimga qarashli ozuqa bazasida yetishtirgan xosilimni o‘rib olishimga to‘sqinlik qilishayopti», deydi videodagi ayol.

Eltuz 26 oktyabr kuni fermer xo‘jaligi raxbarlari bilan bog‘landi. «Izzatbek Bunyodbek» fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Rahimova Yorqinoy xokimlik rasmiylari ularga tegishli 60 tonna sholi topshirilmaguncha kombayn ishlatmaslikni talab qilayotganini bildirdi.

«Biz bu yil sholi uchun hech qanday shartnoma qilganimiz yo‘q. Faqat paxta va bug‘doy topshirish uchun shartnoma qilganmiz. Shartnoma rejalarini bajarganmiz. Lekin hokim kambag‘al oilalarga tarqatish uchun sholi hosilini hokimlik zahirasiga o‘tkazasan deb talab qo‘yayapdi» dedi Raximova Eltuz muxbiriga.

Uning Eltuzga bildirishicha, shartnomadagi rejani bajarganidan so‘ng, uning dalasida sholi o‘rayotgan kombaynni uchastka inspektori va ichki ishlar xodimlari kelib to‘xtatishgan. Aksiga olib, ertasiga yog‘ingarchiliklar boshlangan, bu ham sholi o‘rimini davom ettirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. @eltuz2022

Eltuz rasmiylar javobini kutadi va fermer sholisi taqdiri atrofida kechayotgan voqealarni yoritishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2019
O‘zbekistondagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov xizmat mashinasi sifatida minib yurgan «Malibu-2» avtomobili tarmoqlarda bahs uyg‘otdi. “Vaqf” ...
28 dekabr 2016
Diniy idora 35 yoshlardagi, oliy ma'lumotli, 2002 yili Toshkent Islom institutining ilk bitiruvchilaridan bo‘lgan Alimardon Ernazarovning nima uchun ishdan ...
4 avgust 2016
O‘zining mashhur «Abdullajon» filmi bilan tanilgan o‘zbek kinorejiseri Zulfiqor Musoqov o‘zining feysbudagi sahifasida Televidenie orqali tsenzura qalingan filmi yuzasidan ...
18 avgust 2021
1971 yilning yozida yosh nemis er-xotin avvalgilaridan uzoqroqqa sayohatga jo‘nab ketishdi. Ular Germaniyadan sharqqa tomon 5 ming kilometrdan ziyodroq ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...