Asosiy mavzular
25 yanvar 2023

Rishtonlik fermerlar pilla shartnomasini prokuror bosimi ostida imzolashdi

 “Eltuz”ga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Rishton tumanida prokuror bosimi ostida fermerlar ipak qurti boqib, pilla yetishtirish shartnomasini imzolashga majburlangan.

Bu haqda “Eltuz”ga bir-biridan mustaqil ikki manba xabar qildi.

– Rishtonda pillachilik korxonasi boshlig‘i ayol kishi, – deydi fermerlardan biri. – Avval o‘zi menga qo‘ng‘iroq qildi va 7 quti ipak qurti boqib berishim, buning uchun pilla shirkati bilan shartnoma tuzishim zarurligini aytdi. Ishim ko‘pligini, g‘alla va paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer ekanimni, qolaversa, dalamning chetiga tut daraxti ekmaganimni, menda ipak qurti boqish uchun ozuqa bazasi yo‘qligini bildirdim.

Fermerning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng pilla korxonasi rahbari uni “boshqacha gaplashish” haqida ogohlantirgan. Ko‘p o‘tmay, uni tuman prokurori chaqirgan.

“Borsam, xonasida 10-12 chog‘li fermer o‘tiribdi. Avval menga “siz zo‘rmisiz, nega qurt boqmayman deyapsiz, shunaqa boqasiz”, deb qattiq gapirdi. Agar shartnomaga imzo qo‘yib, muhr bosib bermasam, fermerlik faoliyatimni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasini ko‘rib chiqish bilan tahdid qildi. Noiloj, bo‘sh shartnoma qog‘oziga imzo qo‘yib, muhr bosib berdik”, dedi manba “Eltuz”ga.

Ipak qurti fermerlarga qanday taqsimlanadi? Hamma fermerga bir xil reja qo‘yiladimi yoki boshqacha tartib bormi?

Bu savollarga javob bergan yana bir fermerning bildirishicha, ba'zida 3 gektar yerga 1 quti ipak qurti boqish majburiyati yuklanadi. Gohida esa istalgan me'yor belgilanadi. Aniq me'yor yo‘q.

“Men pilla shirkati boshlig‘i telefon qilib aytgan zahoti borib, shartnoma imzolab keldim. Baribir “qilmayman, tutmayman”, deyishdan foyda yo‘q. Tepadagilar qilasan dedimi, qilamiz. Bugun yoki kecha fermerlik qilayotganim yo‘q. Yillarki, shunday bo‘lib kelgan”, dedi fermer.

Uning ta'kidlashicha, bu kabi qo‘shimcha ishlardan bo‘yin tovlab bo‘lmaydi. Chunki baribir yo hokim, yoki prokuror orqali fermerlarga bosib o‘tkaziladi. Oxir-oqibat kaltak baribir yana fermerning boshida sinadi.

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2020
Bugun o‘zbekistonlik professor olim va muxolifat arbobi Botir Norboev vafot etgan kun. U 2019 yilning 24 fevral kuni 72 ...
22 dekabr 2020
Bosh miyasidan jarohat olgan Qashqadaryo viloyati kosonlik 57 yoshli Mahmud Mamasharipov 12 dekabr kuni olamdan o‘tdi. Uni 22 noyabr kuni o‘zi yashaydigan Paxtazor mahallasidagi ...
2 oktyabr 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
28 avgust 2017
Shoir Yusuf Rasul 1971 yil Tojikistonning Panjikent tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda ToshDuning jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbek vaqtli matbuotidab Bi-Bi-Si, ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...