Asosiy mavzular
26 aprel 2023

Ayollarni bulling qilgan vayner, teshilgan asfalt, ta'mirlanmagan yo‘l va tuya qilingan bola puli – EP72

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki maktub tarmoqda ro‘za oyida ayollarga tahdid solgan erkak videosi va tarmoqdagi tahdidli izohlar yuzasidan yozilgan. Maktubga video ham ilova qilingan.

Ayollarni bulling qilayotgan vaynerga chora ko‘rishingizni so‘raymiz

Diniy erkinlik berilgan sari dindorlarning nafsi hatalak otib, had degan narsani unutib qo‘yishdi. Har Ramazon oyida ayollarni ochiq kiyinmaslikka targ‘ib qilishgani yetmaganiday endi zamonaviy, o‘ziga qaragan qizlarga ochiqdan-ochiq tahdid, bulling qilishib, barchani o‘ranishga, shahvatlarini qo‘zg‘amaslikka chaqirishmoqda. 

Bularning bari biz istagan va qurayotgan sekulyar tuzumga mutlaqo zid. Instagramda @ahoy_bro1 nicknaymli ushbu vaynerning quyidagi videosi va post ostidagi izohlar barcha ongli insonni tashvishga soladi. Qizga bu ham kamligi, boshiga, yuziga urish kerakligi yozilib, vaynerning bu qilmishi rag‘batlantirilgan. 

Ushbu holatni keng yoritilishi va huquq tartibot idoralari holatni nazoratga olishini, huquqbuzarga tegishli chora ko‘rishini so‘raymiz.

Keyingi maktub Andijan viloyatidan. Yillab yotqizilgan asfalt tadbirkor tomonidan teshildi. 

Assalomu alaykum, Eltuz. 

Men Andijon viloyati Andijon tumani Xakan Rovvotdan murojaat qilayapman. Xakanning asosiy qatnov yo‘li «Darxon-Gumbaz-Rovvot» yo‘li yaqinda yangi asfalt bo‘lgan. Endi shu yo‘ldan bir tadbirkor yangi asfaltni kovlab Kanalizatsiya olib o‘tayapti. yo‘llarni to‘sib qo‘ygani mayli, lekin yangi asfaltni butunlay buzib ketayapti. Yana «MYeN KANALIZATsIYaGA RUHSAT OLGANMAN, ASFALT BILAN IShIM yo‘q» deydi. 

Nahotki milliardlab pul sarflangan yangi Asfaltni bemalol buzib, to‘g‘rilamasdan ketaversa?! Shunga ruhsat bergan odamlar buyog‘ini o‘ylashmaydimi? 20 yildan oshiqroq vaqtda bo‘lgan asfaltni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzib ketovradimi??? Andijonning egasi yo‘qmi?

Navbatdagi maktub Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan kelgan. Eltuz portaliga Bola puli hujjatini mahalla aralashuvisiz nafaqa bo‘limiga topshirish tartibi joriy qilinshini so‘rab murojaat qilishgan.

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan murojaat qilyapman. Qizim Nartichuqur mahallasida yashaydi. Mart oyida mahallaga bolalar nafaqasiga hujjat topshirgandik, bitta-ikki farzandli oilalar hujjati qaytarilibdi. Shu mazmunda yangi qonun chiqqanmi?

Ayrim mahallalarda raislar bola puliga hujjat olish uchun soliq  to‘lovini talab qilmoqda. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga mas'ul idoralardan iltimosim, bola puli hujjatlarini mahalla aralashuvisiz nafaqa bo‘limiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirish tartibi joriy qilinsin. Ana shunda odamlar sarson bo‘lmas edi.

Keyingi matkub Tashkent viloyatining Angren shahridan «Briks Angren» shirkati ishchilari korxonaning tabiiy gaz tizimidan uzib qo‘yilgshanidan nolishmoqda.

Toshkent viloyati Angren shahridan murojaat qilyapmiz. “Briks Angren” MChJ korxonasi ishchilarimiz. Korxonamiz 2022 yilning 2 dekabr sanasida tabiiy gaz tizimidan uzilgandi, hozirga qadar gaz ta’minoti tiklanmadi. Korxonada ishlaydigan 200 nafar ishchilarning aksari oilali, farzandli, hozirda shuncha insonlarning moddiy ahvoli achinarli.  Deyarli 80 % ishchi maoshga ishonib kredit olgan, kreditlar hozirda penya tug‘ib yotibdi. Hokimiyat korxonamizni muqobil yoqilg‘ida ishlatishni tavsiya qilgan, lekin alternativ yoqilg‘ida ishlash uchun texnologiyaga o‘zgartirishlar kiritish kerak va bu 5 oy muddat talab qiladi. Texnologik o‘zgartirishlar olib borib, alternativ yoqilg‘ida ishlab ketishimizgacha bo‘lgan vaqtda tabiiy gazdan foydalanib, ish faoliyatimizni olib borsak yaxshi bo‘lardi.

Keyingi videomurojaat egasi yo‘l quruvchilarining tayyor asfalt yo‘l ustidan shag‘al yotqizayotganiga e'tibor qaratadi. Uning so‘zlariga ko‘ra ko‘chaning bu qismiga asfalt yotqizilmaydi. Tayyor asfaltni yo‘qqa chiqarishdi, deydi u.

Yangiobod MFYdan murojaat qilyapmiz. Yangiobod ko‘chasi asfaltlangan edi. Faqatgina ko‘chaning ikki tomoni yaroqsiz holga kelib qolgan. Yo‘l quruvchilar shag‘al to‘kishini boshlaganida  yoshu qari ko‘chamiz asfalt bo‘lar ekan deb, Prezidentimizga rahmatlar aytib duo qilgan edi. Keyinchalik bilsak, 250 metrlik ko‘chaning faqatgina  60 metr joyi asfalt qilinar ekan. Tayyor asfaltni yo‘qqa chiqarishdi-ya! Yo‘l qurilishi jarayonida suv quvuri teshilgan. Quvur yamalmasdan asfalt qilish qanchalik to‘g‘ri? Byudjet pulini nazorat qiluvchi idoralar holatni nazoratga olishini so‘raymiz.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@muharrir

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2020
Xitoy hukumati 5‏ fevralgacha Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida «Uxan virusi»ga chalinganlar soni 32 kishiga yetganini e'lon qildi. Muxtor tuman Sog‘liqni ...
5 fevral 2018
MXX raisi Rustam Inoyatov o‘z daxlsizligini Moskva orqali olgani haqida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih o‘z manbalariga tayanib bildirdi. ...
9 aprel 2023
Junaidxonning Rossiya bilan ushbu kelishuvi Xiva xonligining Taxta qal'asida imzolangani uchun “Taxta shartnomasi” deya tarixga kirgan. Bitim Sovet hukumati Xiva ...
28 noyabr 2022
2014 yilning dekabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi bosh muhofizi Mirfayz Usmonovni 9 yilu ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...